Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Dunyo e’tiboridagi markaz: Bavariya vaziri Toshkentdagi noyob loyihani yuksak baholadi

13.04.2026, 13:151110

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Germaniya Federativ Respublikasi Bavariya Yevropa ishlari va xalqaro munosabatlar bo‘yicha davlat vaziri Erik Beysvenger boshchiligidagi delegatsiya hamda markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Germaniya (xususan Bavariya) vakillari va Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda tomonlar muzeylar, ilmiy muassasalar va madaniy loyihalar doirasida aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. 

Suhbat davomida Islomning ma’rifatparvar va bag‘rikeng mohiyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda konferensiya va seminarlar tashkil etish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, o‘zaro ko‘rgazmalar tashkil etish, madaniyat va dinlar haqida bilim almashish orqali jamiyatda totuvlikni mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarda, ayniqsa, Buyuk siymolar galereyasida o‘rnatilgan interaktiv monitorlar katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu texnologiyalar orqali tashrif buyuruvchilar buyuk allomalar haqida o‘nlab tillarda qisqa va lo‘nda ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatidan mamnun bo‘lishdi.

Shuningdek, monitorlar orqali O‘zbekistonning tarixiy obidalariga virtual sayohat qilish imkoniyati ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Islomgacha bo‘lgan davr sivilizatsiyasi hamda Birinchi Renessans bo‘limlarida esa ayrim artefaktlarning qismlarini qo‘l bilan his qilish imkoniyati delegatsiya a’zolarida alohida qiziqish uyg‘otdi. Ular boshqa muzeylarda bunday tajriba kam uchrashini ta’kidladilar.

Mehmonlar, shuningdek, markazda oltin bilan bog‘liq noyob va asl ashyoviy artefaktlarning keng namoyish etilganiga ham yuqori baho berdi.

Erik Beysvenger, Bavariyaning Yevropa ishlari va xalqaro munosabatlar bo‘yicha davlat vaziri: 

“Men bunday markazni hali ko‘rmaganman. U nihoyatda zamonaviy bo‘lib, islom dini, sizning boy madaniyatingiz va an’analaringizni dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarga yaqin va tushunarli tarzda namoyon etadi. Shu bilan birga, markazda ilm-fanga ham alohida e’tibor qaratilgani tahsinga loyiq.

Bu maskan nafaqat yoshlarni qiziqtiradi, balki ularni ilhomlantirib, yangi izlanishlarga undaydi. Menimcha, uning tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda katta va bunday tashabbuslarni faqat qo‘llab-quvvatlash kerak.

Ushbu markaz madaniyatlarimiz, jamiyatlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Biz madaniy va ijtimoiy almashinuvni rivojlantirishdan manfaatdormiz, shuningdek, sizlarning yondashuvlaringizni ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Chunki O‘zbekistonni Bavariya va umuman Germaniyada yanada kengroq tanitish muhim, deb hisoblaymiz.

Avvalo, bu markaz o‘ziga xos va noyob — bunday majmua hali mavjud emas. Ikkinchidan, uni qisqa fursatda va yuqori sifat darajasida barpo etish alohida e’tirofga loyiq. Uchinchidan, bu zamonaviy va interaktiv muzey bo‘lib, u ming yillik tarixni qisqa vaqt ichida keng jamoatchilikka yetkazish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu markaz O‘zbekistonning dunyoga ochilishida muhim rol o‘ynaydi va mamlakatingizning o‘ziga xos jihatlarini keng namoyish etadi.”

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7984
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar