Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi xorijlik mutaxassislarni hayratga soldi

20.04.2026, 11:441134

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi navbatdagi nufuzli xalqaro delegatsiyani qabul qildi. Qozog‘iston Prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti direktori Jandos Shaymardanov hamda ekspertlar Markaz faoliyati va ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markazda yaratilgan boy mazmun, zamonaviy yondashuv va yuqori darajadagi taqdimotni alohida e’tirof etdilar. Qayd etilganidek, mazkur maskan nafaqat muzey, balki tashrif buyuruvchini tarix bilan bevosita muloqotga chorlaydigan zamonaviy ilmiy-ma’rifiy makondir.

Jandos Shaymardanov Markaz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, shunday dedi:

“Men  ko‘rganlarimdan juda katta taassurot oldim. Shubhasiz, bu zamonaviy O‘zbekistonning, xususan Toshkentning eng noyob durdonalaridan biridir.Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgani esa — faxrlansa arziydigan maskan ekanini anglatadi

O‘sha davrda insonlar ilm-fan va ma’rifatni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Jamiyatning bilimli bo‘lishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olgan. Bunga Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi kabi noyob ilmiy inshootlar yaqqol misol bo‘la oladi.

Shubhasiz, mazkur maskan bugungi O‘zbekiston yoshlari uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yerda ko‘plab yoshlar va bolalarni ko‘rish mumkin. Ular uchun Markaz, avvalo, ilhom manbai, o‘z tarixi va madaniyatini anglash imkoniyatidir. Bu yerda ular sivilizatsiyaning ildizlari va taraqqiyot yo‘nalishlarini chuqurroq tushunib boradi. An’anaviy eksponatlar bilan zamonaviy raqamli texnologiyalarning uyg‘unligi esa yoshlarni o‘z tarixi bilan yanada faol qiziqishga undaydi.”

Delegatsiya vakillari Markazda qo‘llanilgan zamonaviy yechimlar alohida e’tiborga loyiqligini ta’kidladilar. Shuningdek, bu immersiv makonda tashrif buyuruvchi nafaqat tomoshabin sifatida ishtirok etadi, balki ayrim ekspozitsiyalarni bevosita his etib, go‘yoki qadimiy davr muhitiga singib ketgandek bo‘lganliklarini aytdi.

Tashrif yakunida delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy, ma’naviy va madaniy ahamiyatini yuqori baholab, uning xalqaro miqyosdagi nufuzi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar