Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Sonic Chair: Markaz kutubxonasida innovatsion audio muhitini shakllantiruvchi ilg‘or texnologiya

20.04.2026, 14:451150
Sonic Chair: Markaz kutubxonasida innovatsion audio muhitini shakllantiruvchi ilg‘or texnologiya

Bugungi kunda kutubxonalar an’anaviy kitob mutolaasi makonidan tashqari, zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali bilim olish imkoniyatlarini kengaytiruvchi innovatsion markazlarga aylanmoqda. Ayniqsa, multimedia texnologiyalari axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish jarayonini yanada samarali va interaktiv tarzda tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugun ana shunday ilg‘or ma’rifiy maskan sifatida faoliyat yuritmoqda. Markaz o‘z eshiklarini ochgan ilk kunlardanoq keng jamoatchilik e’tiborini tortdi — har kuni minglab, hatto millionlab tashrif buyuruvchilar bu yerga kelib, ushbu ulkan majmuada yaratilgan shart-sharoitlardan hayratga tushib, o‘z munosabatlarini bildirmoqda.

Tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi va mohir, qo‘li gul me’morlar mehnati samarasida yaratilgan bu noyob maskanni yuksak baholab, uni yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish timsoli sifatida e’tirof etmoqda.

Markaz kutubxonasida ham foydalanuvchilar uchun zamonaviy axborot muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Yevropa sifatiga ega bo‘lgan Sonic Chair texnologiyasining joriy etilishi bu borada muhim qadam bo‘ldi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sonic Chair — bu audio axborotni maxsus individual muhitda tinglash imkonini beruvchi innovatsion mulьtimedia o‘rindig‘i hisoblanadi. Uning asosiy xususiyati — o‘rindiqqa o‘rnatilgan akustik tizim orqali ovoz faqat foydalanuvchi atrofida tarqaladi va tashqi muhitga deyarli chiqmaydi.

Bu esa kutubxonadagi umumiy sukut va qulaylikni saqlagan holda, audiokitoblar, ilmiy ma’ruzalar, multimediaviy kontent va turli raqamli resurslardan foydalanish imkonini yaratadi.

Ma’lum qilinishicha, Markaz kutubxonasiga jami to‘rtta Sonic Chair o‘rnatilgan bo‘lib, ularning ayrimlari kompyuter tizimlari bilan, boshqalari esa planshet qurilmalari bilan integratsiya qilingan. Bu esa foydalanuvchilarga axborotni turli formatlarda mustaqil va qulay tarzda o‘zlashtirish imkoniyatini taqdim etadi.

Mutaxassislar fikricha, bunday innovatsion yechimlar kutubxona faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Chunki zamonaviy kutubxonalar endilikda faqat kitob saqlanadigan joy emas, balki turli formatdagi bilim va axborot manbalari jamlangan intellektual markazga aylanmoqda.

Shu jihatdan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasida Sonic Chair texnologiyasining joriy etilishi nafaqat axborot xizmatlarini boyitadi, balki foydalanuvchilar uchun mutlaqo yangi — qulay, individual va innovatsion bilim olish muhitini yaratadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qisqa vaqt ichida nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Har kuni o‘rtacha 5 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarning kelayotgani uning yuksak nufuzi va jozibasini yaqqol namoyon etmoqda. Shuningdek, majmua tarkibidagi boy fondga ega kutubxona ham yaqin kunlarda kitobxonlar uchun o‘z eshiklarini ochishi kutilmoqda.

Go‘zal Beknazarova
P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar