Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Tarix va Renessans ruhi jamlangan maskan Qozog‘iston delegatsiyasini hayratga soldi

22.04.2026, 15:201014

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yana bir nufuzli xalqaro tashrifga mezbonlik qildi. Qozog‘iston Respublikasi sanoat va qurilish vaziri Ersayin Nagaspayev boshchiligidagi delegatsiya Markaz faoliyati va ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdi.

Markazga tashrif buyurgan mehmonlar, avvalo, uning ulkan arxitekturasi va mazmunan boy ekspozitsiyalari bilan tanishar ekan, bu yerda tarix, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unlashgan holda taqdim etilganini alohida ta’kidladilar. 65 metrli gumbaz ostida jamlangan boy meros har bir tashrif buyuruvchida chuqur taassurot qoldirishi qayd etildi.

Islomdan avvalgi davr ekspozitsiyalarida esa qadimgi sivilizatsiyalar tarixi, ilk davlatchilik va madaniy jarayonlar izchil va zamonaviy usullarda yoritilgani delegatsiya e’tiborini tortdi. Ayniqsa, arxeologik topilmalar, qadimgi turmush tarzini aks ettiruvchi sahnalar va interaktiv xaritalar mehmonlarda “o‘sha davrga sayohat” hissini uyg‘otgani qayd etildi.

Birinchi Renessans bo‘limida ilm-fan va ma’rifat yuksalishiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar delegatsiyada alohida qiziqish uyg‘otdi. Buyuk allomalarning ilmiy merosi, ularning kashfiyotlari va jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar Markaziy Osiyo ilmiy maktabining naqadar yuksak darajada bo‘lganini namoyon etgani ta’kidlandi.

Ikkinchi Renessans — Temuriylar davriga bag‘ishlangan bo‘limda esa davlatchilik, ilm-fan va madaniyat rivoji o‘ziga xos tarzda yoritilgani mehmonlarni hayratga soldi. Ayniqsa, Amir Temur davridagi bunyodkorlik, saroy muhiti va diplomatik munosabatlar haqidagi ma’lumotlar delegatsiya vakillari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” bo‘limida bugungi islohotlar, strategik rivojlanish yo‘nalishlari va kelajak konsepsiyasi zamonaviy formatda taqdim etilgani mehmonlarda ijobiy taassurot qoldirdi. Ular ushbu bo‘limni nafaqat tarixiy davomiylik, balki kelajakka yo‘naltirilgan g‘oyaviy maydon sifatida baholadilar.

Qozog‘iston Respublikasi sanoat va qurilish vaziri Ersayin Nagaspayev tashrif davomida Markaz haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

Bu markaz nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim ma’rifiy va ilmiy makon ekan. Bu yerda tarix juda chuqur va zamonaviy yondashuvlar asosida taqdim etilgani meni katta hayratda qoldirdi. Ekspozitsiyalarda ilmiylik, aniqlik va vizual yechimlar uyg‘unlashgani alohida e’tiborga loyiq.

Tashrif davomida delegatsiya Markazning yuragi hisoblangan Qur’oni Karim zaliga tashrif buyurdi. Bu yerda VII asrga mansub noyob qo‘lyozma — Usmon mus’hafi, shuningdek, zamonaviy mepping gologramma namoyishi mehmonlarda chuqur hissiy ta’sir qoldirdi. Ular bu zalni nafaqat arxitektura jihatidan, balki ma’naviy muhiti bilan ham alohida o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Tashrif yakunida delegatsiya Markazda amalga oshirilgan ishlar yuksak darajada tashkil etilganini, har bir ekspozitsiya ortida chuqur ilmiy yondashuv va zamonaviy taqdimot usullari mujassam ekanini qayd etdi. Shuningdek, bu maskan nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa va jahon hamjamiyati uchun muhim ma’rifiy platforma ekani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar