Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi Sloveniya delegatsiyasi uchun kutilmagan kashfiyot bo‘ldi

23.04.2026, 10:271057

O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyotini uyg‘unlashtirgan holda xalqaro miqyosda tobora katta e’tibor qozonib bormoqda. Shu ma’noda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatning ilmiy-ma’rifiy salohiyatini namoyon etuvchi eng muhim markazlardan biri hisoblanadi.  

Markazga  Sloveniya Respublikasi Audit sudi raisi Yana Axchin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari Markazdaning barcha ekspozitsiya zallari bilan yaqindan tanishib, ularni yuqori baholadi. Ayniqsa, Ikkinchi Renessans davriga bag‘ishlangan bo‘lim ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Amir Temur shaxsiga bag‘ishlangan ekspozitsiya mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi. Ta’kidlash joizki, ko‘pincha Amir Temur faqat sarkarda sifatida talqin qilinadi. Biroq Markazda u yangicha yondashuv asosida  buyuk davlat arbobi, bunyodkor va ilm-ma’rifat homiysi sifatida keng yoritilgan. Ekspozitsiyada Amir Temur davriga oid ilmiy yutuqlar va kashfiyotlar ilk bor namoyish etilgan bo‘lib, u delegatsiya a’zolarining e’tiborini tortdi. Unda o‘sha davrning irrigatsiya, muhandislik, me’morchilik, kitobat, ilm-fan hamda islom ilmlariga oid yutuqlari alohida aks ettirilgan.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bekga bag‘ishlangan qism ham ularda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda rasadxona maketi, interaktiv loyihalar, ilmiy asbob-uskunalar, davrga oid kulolchilik buyumlari va qo‘lyozmalar bilan tanishildi. 

Bundan tashqari, delegatsiya “Yangi O‘zbekiston — yangi Renessans poydevori” bo‘limidagi iqtisodiyot yo‘nalishiga ham alohida qiziqish bildirdi. Mazkur bo‘limda yurtimizning iqtisodiy salohiyati, yangi barpo etilayotgan ishlab chiqarish korxonalari, AES majmuasi, zamonaviy turar joylar, ma’muriy inshootlar, oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari maketlari hamda ularning vizual taqdimotlari namoyish etilgan. Ayniqsa, kelajak shahri konsepsiyasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Yana Axchin, Sloveniya Respublikasi Audit sudi raisi Yana Axchin:

“Bu mening Toshkentga ilk bor tashrifim va bu yerda ekanligimdan nihoyatda xursandman. Shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kelganimdan ham mamnunman. Bu maskan shu qadar ajoyibki, uni hatto so‘z bilan to‘liq tasvirlab berish qiyin. Turli sivilizatsiyalar bir joyda jamlangan bo‘lib, u keng va salobatli bo‘lishi bilan birga, ayni paytda ixcham tarzda tashkil etilgan. Bu yerda qisqa vaqt ichida diningiz va tarixingiz haqida umumiy, ammo chuqur tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Markaz Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilganini eshitdim va bu, albatta, O‘zbekiston xalqi uchun juda katta yutuq, deb o‘ylayman.

Bu yerga ko‘plab insonlar tashrif buyuradi. Ular sizlarni, sizning boy madaniyatingizni, Islom sivilizatsiyasini hamda Markaziy Osiyo tarixini yanada chuqurroq anglab yetadi. Men yoshligimda ko‘plab tarixiy kitoblar o‘qiganman va Samarqand doimo xayolimda bo‘lgan. Xuddi shuningdek, Toshkent ham. Men har doim o‘zimga: "Albatta Samarqand va Toshkentga boraman", deb aytardim. Bu mening orzular ro‘yxatimda eng yuqori o‘rinlardan birini egallagan edi.

Endi esa bu orzum amalga oshdi. Menga bunday imkoniyat yaratib bergan o‘zbek xalqidan chin dildan minnatdorman.”

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7986
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar