Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Italiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik davom etmoqda

25.04.2025, 11:42893

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsisi markazida italiyalik mashhur noshir, sharqshunos olim Sandro Teti, “Magister Art” kompaniyasi rahbari Renato Sapporito bilan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov ishtirok etdi. Muloqotda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini jihozlash, ekspozitsiyalar uchun zarur vitrinalar tayyorlash masalasi muhokama qilindi. 

Muloqotda joriy yilda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi marosimiga tayyorgarlik koʻrish, shu bilan birga joriy yilning sentabr oyida bu yerda Oʻzbekiston madaniy merosiga oid xalqaro koʻrgazma tashkil etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish lozimligi taʼkidlandi.

Bizning kompaniyamiz dunyodagi eng yirik muzeylar, kutubxonalar, yirik madaniy muassasalarni loyihalash va jihozlsh boʻyicha hamkorik qilib keladi, — dedi “Magister Art” kompaniyasi rahbari Renato Sapporito. — Men Oʻzbekistonning boy tarix va ulkan madaniy merosga ega mamlakatlardan biri sifatida bilaman. Xalqingizga, madaniyatingizga ulkan qiziqish bilan qarayman. Oʻylaymanki, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ishga tushirish borasidagi hamkorligimiz ham ana shu ulkan merosni yanada keng targʻib etishda muhim oʻrin tutadi”.

Magister Art kompaniyasi Italiyadagi yirik muzeylar uchun jixozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya boʻlib, u bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasining joriy yil fevral oyida ushbu mamlakatga amalga oshirgan xizmat safarida dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

Sandro Teti ham uzoq yillardan beri Oʻzbekistondagi yirik loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilib keladi. Joriy yilda uning rahbarligidagi Sandro Teti Editore nashriyotida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari italyan tilida nashr qilindi.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7987
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar