Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazida gid-ekskursovodlar uchun imtihon sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

25.04.2026, 17:381156

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida gid-ekskursovodlarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanib, endi ishtirokchilar uchun hal qiluvchi bosqich — imtihon sinovlari jarayoni davom etmoqda. 

Mazkur jarayon doirasida saralab olingan nomzodlar uchun 5 kunlik imtihon sinovlari tashkil etilgan bo‘lib, unda ishtirokchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalari kompleks ravishda baholanmoqda. Imtihonlar og‘zaki suhbat shaklida o‘tkazilib, har bir oliy ta’lim muassasasidan kelgan talabalar alohida-alohida tarzda sinovdan o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlarida nomzodlarning Markaz muzey ekspozitsiyalari bo‘yicha bilim darajasi, ma’lumotni aniq va ta’sirchan yetkazish qobiliyati, nutq madaniyati, muloqot mahorati hamda turli vaziyatlarda o‘zini tutish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Izzat Ibragimov, Markaz direktorining axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:

 “Bugungi kunda Islom sivilizatsiyasi markazida tashrif buyuruvchilarga yuqori sifatli gidlik xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Birinchi bosqichda 30 ga yaqin gid saralab olinib, hozirda mehmonlarga bir nechta tillarda xizmat ko‘rsatilmoqda.

Ikkinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda turli oliy ta’lim muassasalarining gid-hamrohlik va xorijiy tillar yo‘nalishidagi 100 nafardan ortiq talabasi saralab olindi. Ular ikki haftalik maxsus dastur asosida nutq madaniyati, etika, muzey ekspozitsiyalari va tarixiy mavzular bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tdi”. 

Sinovlarni adolatli va xolis baholash maqsadida Markaz tomonidan maxsus hakamlar hay’ati shakllantirilgan. Uning tarkibiga tajribali mutaxassislar — Kamola Akilova, Rustam Jabbarov, Izzat Ibragimov hamda boshqa sohaning yetuk ustozlari kiritilgan.

Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ishtirokchilarning shu vaqtgacha o‘tgan darslar va seminarlar doirasida egallagan bilim va ko‘nikmalari chuqur tahlil qilinib, har bir nomzodning salohiyatiga xolis baho berilmoqda.

Go‘zal Inoyatova, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi:

“Imtihon jarayoni men uchun juda mas’uliyatli va qiziqarli o‘tmoqda. Savollar orqali nafaqat bilimlarimiz, balki fikrni to‘g‘ri va ta’sirchan yetkazish qobiliyatimiz ham sinovdan o‘tkazilyapti. Bu jarayon o‘z ustida ishlashga va yanada puxta tayyorgarlik ko‘rishga undaydi. Men uchun eng muhim jihat — kelgusida tashrif buyuruvchilarga tariximizni munosib tarzda yetkaza olishdir”. 

Mazkur imtihon sinovlari yakuniga ko‘ra, eng munosib va yuqori salohiyatga ega nomzodlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyalarida tashrif buyuruvchilarga professional gid-ekskursovodlik xizmatini ko‘rsatishga jalb etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu bosqich gidlarni tayyorlash jarayonining eng muhim va mas’uliyatli qismi bo‘lib, Markazda yuqori malakali, bilimli va zamonaviy talablarga javob beradigan ekskursovodlar jamoasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14837
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12230
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9957
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7991
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar