Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Alisher Usmonov hadya qilgan salkam 5000 ta kitob Markaz kutubxonasidan joy oladi

25.04.2025, 16:581040

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasidan Alisher Usmanov hadya qilgan kitoblar oʻrin oladi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboyeva ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qildi.

Alisher Usmonov tomonidan 5000 ga yaqin kitoblar 2020 yilda markazga hadya etilgan. Ayni vaqtda kitoblar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida vaqtincha saqlanib turibdi.

"Ushbu kitoblar orasida turli shakldagi va turfa janrlardagi kitoblar mavjud. Boshqa kutubxonalardan farqli oʻlaroq Markaz kutubxonasida kitoblar ochiq fondlarda saqlanadi. Javonlarda ham oynalar boʻlmaydi. Kitoblardan kitobxonlar bemalol foydalana oladi. Bu yerda kitobxon oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatadi. Kutubxonada nodir kitoblar boʻlishi koʻzda tutilmoqda. Ulardan foydalanishda ham biror bir cheklov qoʻyilmaydi. Kitoblar muhofazasiga alohida eʼtibor qaratilib, ularni bakteriyalardan himoya qiluvchi maxsus uskunalar oʻrnatiladi. Kutubxonaning bosma fondi 30 ming, elektron fondi 350 ming kitobdan iborat boʻladi. Bundan tashqari, hali fond tasarrufiga kiritiladigan kitoblar mavjud. Markaz kutubxonasi qoshida  birinchi marotaba tor ixtisoslik yoʻnalishida manbashunoslik  oʻquv kursi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Markaz kutubxonasi fondidan Lui Brayl yozuvidagi boʻrtma nuqtali kitoblar va audio kitoblar oʻrin oladi. Kutubxona keng qamrovli, zamonaviy, shu bilan birga xorijiy mehmonlarga ham xizmat qilishi kutilmoqda", — dedi Umida Teshaboyeva.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7987
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar