Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Ispaniyadagi Yevro-Arab oliy tadqiqotlar fondi bilan muzokaralar o‘tkazdi

27.04.2026, 18:251038

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi va arab dunyosi davlatlari o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, fan, ta’lim va gumanitar hamkorlik orqali sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro institut — Yevro-Arab oliy tadqiqotlar fondi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruv raisi Firdavs Abduxoliqov, shuningdek, WOSCU koordinatorlari Yekaterina Soboleva va Savlat Rashidovdan iborat.

Ispaniya tomonidan Yevro-Arab oliy tadqiqotlar fondi ijroiya kotibi Antonio Sanches Ortega, Andalusiya kutubxonalarining madaniy dasturlar koordinatori Suxeyl Serdjini hamda Fond vakillari — Koncha de Santa Ana Fernandes, Xaver Ruperes Kanales va Xassan Laagir ishtirok etdi.

Fond fan, ta’lim va madaniyat sohalarida keng ko‘lamli tashabbuslarni amalga oshirish, gumanitar bilimlarni tarqatish, tadqiqot platformalarini rivojlantirish hamda konstruktiv muloqot va fikr almashinuvi uchun maydon yaratishga xizmat qiladi. Uning faoliyatida ta’lim dasturlari alohida o‘rin tutadi.

Xususan, Yevro-Arab oliy tadqiqotlar fondi magistratura va doktorantura dasturlari orqali mutaxassislar tayyorlaydi, shuningdek, xalqaro kongresslar, seminarlar va yoshlar hamda talabalar uchun amaliy suhbatlarni tashkil etib, madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish va insonparvar qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston tomoni ushbu tajribaning yoshlar bilan ishlash va buzg‘inchi g‘oyalarning oldini olishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov shunday dedi:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar tarbiyasi, barqaror dunyoqarashni shakllantirish va radikallashuvning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Hozirgi global tahdidlar sharoitida aynan ta’lim, ma’rifat va madaniy muloqot yosh avlodni zararli ta’sirlardan himoya qilishning asosiy vositasiga aylanmoqda. Shu bois biz Yevro-Arab fondi to‘plagan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va joriy etishdan manfaatdormiz hamda yosh mutaxassislarni tayyorlash va ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikka tayyormiz. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Fond vakolatxonasini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etamiz”.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomoni Yangi O‘zbekistonda fan, ta’lim va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini taqdim etdi. Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Fond faoliyati, jumladan, ta’lim dasturlari, inson huquqlari, madaniy xilma-xillik va radikallashuvning oldini olish sohasidagi tadqiqotlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi vazifalari bilan ko‘p jihatdan uyg‘un ekani ta’kidlandi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov shunday dedi:

“2017 yilda BMT minbaridan turib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom dini ezgulik, tinchlik va bag‘rikenglik dini ekanini ta’kidlagan edi. Bugun bu g‘oya markazimiz faoliyatida izchil amalga oshirilmoqda. Maqsadlarimiz o‘xshashligi esa qo‘shma hamkorlik uchun keng imkoniyatlar ochadi”.

Uchrashuv yakunida Andalusiyaning kutubxona va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, qo‘lyozmalar va tarixiy manbalarni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu manbalar Ruy Gonsales de Klavixoning Sharqqa sayohati bilan bog‘liq.

Suxeyl Serdjini shunday dedi:

“O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni rivojlantirish biz uchun katta sharafdir. Biz Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi bilan hamkorlikda tadqiqot ishlarini yanada chuqurlashtirish va umumiy tarixiy-madaniy merosni o‘rganishga tayyormiz”.

Tomonlar sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14837
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12230
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9957
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7991
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar