Dunyoda analogi yo‘q O‘zbekistondagi tajriba rossiyalik mutaxassislarni hayratda qoldirdi
Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelib, “vaqt devoridan oshib o‘tishdi”. Mazkur tashrif ularning tasavvurini butunlay o‘zgartirdi. Rossiya Ot sporti federatsiyasi bosh kotibi Yelena Terexova boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining aytishicha, ular O‘zbekistonga tashrif davomida bir zumda boshqa davrga tushib qolishgan.
Tashrif davomida mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari orqali tarix va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligini kuzatishdi. Bu yerdagi taqdimot uslubi ularda chuqur taassurot qoldirdi. Ularga ayniqsa qadimiy sivilizatsiyalar, inson turmush tarzi va tarixiy jarayonlarni jonli aks ettiruvchi interaktiv yechimlar katta qiziqish uyg‘otdi.
Delegatsiya a’zolari muzey ekspozitsiyasining islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalariga oid tarixiy manbalarda ot tasvirlari va qadimgi jamiyatlarda ushbu hayvonga berilgan yuksak ehtirom haqidagi ma’lumotlar ular tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganildi.
Yelena Terexova, Rossiya Ot sporti federatsiya bosh kotibi:
“Bu yerda materiallarning taqdim etilish uslubi juda zamonaviy — oddiy namoyish emas, balki interaktiv yondashuv orqali har bir tashrif buyuruvchi tarixni his qilishi, o‘zini turli davrlarda yashagandek tasavvur qilishi mumkin. Bu esa, ayniqsa, yosh avlod uchun juda muhim.
Markaz O‘zbekistonning boy tarixi va taraqqiyotini yorqin namoyon etadi. Men ishonamanki, bu yerga kelgan yoshlar nafaqat yangi bilim oladi, balki tarixga bo‘lgan qiziqishi ham ortadi. Zero, tarix — asrab-avaylashimiz kerak bo‘lgan eng katta boylik.
Meni quvontirgan jihatlardan yana biri — xalqaro aloqalarga bag‘ishlangan alohida bo‘limning mavjudligi. Bu bejiz emas, chunki Buyuk Ipak yo‘li markazida joylashgan O‘zbekiston doimo madaniyatlar chorrahasi bo‘lib kelgan. Bu yerda ko‘rgan materiallarim orqali mamlakat haqidagi bilimlarim yanada boyidi.
Shuningdek, sportga bag‘ishlangan bo‘lim ham menda alohida taassurot qoldirdi — u sport yutuqlari har qanday mamlakat uchun qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi”.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari xalqaro aloqalarga bag‘ishlangan bo‘limni alohida e’tirof etdi. Ular buni ekspozitsiyada namoyish etilgan Buyuk Ipak yo‘li markazida joylashgan O‘zbekistonning madaniyatlar chorrahasi sifatidagi o‘rni bilan bog‘ladi. Sportga bag‘ishlangan ekspozitsiya esa mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, sport yutuqlari jamiyat taraqqiyotida qanchalik muhim o‘rin tutishini namoyon etdi.


