Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

3000 yillik tarix va 3000 ga yaqin noyob merosning noodatiy taqdimoti: Pokiston delegatsiyasini lol qoldirgan tashabbus

28.04.2026, 18:441174

800 dan ortiq ilmiy loyiha asosida shakllangan va 3000 ga yaqin noyob artefaktlar jamlangan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda xalqaro ilmiy va madaniy maydonga aylanib bormoqda. Markazga Pokiston Islom Respublikasidagi MUSLIM instituti (tadqiqot tahlil markazi) rahbari Sohibzoda Sulton Ahmad Ali boshchiligidagi delegatsiya ekspozitsiya bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Pokistonlik mehmonlarni Markazning kirish foyesi “Buyuk siymolar galereyasi”dan chuqur taassurot oldilar. Galereyada joylashgan 14 ta ravoq orqali yurtimizning boy tarixi, buyuk allomalar va tarixiy shaxslar hayoti rangtasvir uslubida aks ettirilgan. Mazkur kompozitsiyalar 110 xil rangdagi mikromozaika toshlardan, qo‘l mehnati asosida yaratilgani bilan alohida e’tibor qozondi.

Muzeyning Birinchi Renessans davriga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarida joylashgan yettita tematik kapsula orqali mehmonlarga o‘sha davr ilmiy-ma’naviy muhitini aks ettiruvchi videoroliklar, qo‘lyozmalar, tarixiy artefaktlar hamda maket va mulyajlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu yechimlar ilmiy merosni zamonaviy talqinda yetkazishning samarali namunasi sifatida yuqori baholandi. Xususan, 1-kapsulada Islomning tarqalishi bilan bog‘liq ma’lumotlar, videoma’lumotlar va interaktiv matnlar, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) jahon hukmdorlariga yuborgan maktub nusxalari, Ka’ba surati va ilohiy duolar bitilgan kashtalar, Qur’oni karimning IX-XI asrlarga oid sahifalari va qo‘lyozmalari o‘rin olgan.

Shuningdek, Uchinchi kapsula Ma’mun akademiyasi, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari allomalar merosiga bag‘ishlangan. Dunyo olimlari tomonidan Beruniy yashagan davr “Beruniy asri” deb atalgan. Bu e’tirof Frederik Starr tomonidan ham ko‘p ta’kidlanadi. Beruniyning “Tafhim”, “Osor ul-boqiya” asarlari, Ibn Sinoning "Tib qununlari" asarining ivrit tilidagi XIV asrga oid tarjimasi faksimilь nashri hamda “Kitobush-shifo”ning 1494-yilda Hirotda ko‘chirilgan nusxasini joyladik.

Sohibzoda Sulton Ahmad Ali, MUSLIM instituti rahbari:

“O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurganimdan nihoyatda faxrlanaman. Avvalo, bu yerda zamonaviy texnologiyalardan keng va samarali foydalanilgani darhol e’tiborni tortadi. Yaratilgan vizual tasvirlar va taqdimotlar yuqori professional darajada bo‘lib, ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilgani bilan kishini hayratga soladi.

Bu yerda taqdim etilgan materiallar nihoyatda boy, tarixiy jihatdan aniq hamda puxta tizimlashtirilgan. Ayniqsa, o‘z farzandlariga islomning oltin davri va buyuk allomalar merosini jonli va ta’sirchan tarzda yetkazmoqchi bo‘lganlar uchun bu maskan beqiyos imkoniyat yaratadi.

Shubhasiz, markaz olimlar va tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy manba hisoblanadi. Shu bilan birga, bu yer nafaqat tarixiy bilimlar majmuasi, balki kuchli ma’naviy ozuqa manbai hamdir.

Turli bo‘limlarda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ zotlarning merosi chuqur yoritilgan. Bu yerda tarixni asrash va uni kelajak avlodlarga zamonaviy usulda yetkazishning yuksak namunasi yaratilgan.

Eng e’tiborlisi, bu maskanga turli yoshdagi insonlar tashrif buyurmoqda — ularning barchasida bir xil ma’naviy ko‘tarinkilik va ilmga chanqoqlik hissini ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston hukumati va Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu ulkan tashabbus uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu, shubhasiz, yuksak e’tirofga loyiq loyiha.

Bu tashrif hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida imkon qadar ko‘proq bilim olishga harakat qildim.”

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar