Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Inklyuziv kutubxona: bilimga yo‘l qanday ochilmoqda?

29.04.2026, 17:071089
Inklyuziv kutubxona: bilimga yo‘l qanday ochilmoqda?

“Bu maskanga har safar tashrif buyurganimda yangi fikrlar tug‘iladi. Bu yerda tarix, ziyo va tafakkur uyg‘unlashgan…” — deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Sharqshunoslik instituti bo‘limi mudiri Hamidullo Lutfullayev.

Xususan, uning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilgan kutubxona an’anaviy tushunchadan ancha uzoq. Bu yer faqat kitob saqlanadigan joy emas, balki insonni ma’naviy jihatdan boyitadigan muhitga aylangan.

Bu fikrni Markaz kutubxonasiga tashrif buyurgan yosh tadqiqotchilar ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ular kutubxonadagi zamonaviy texnologiyalar, boy manbalar bazasi va sokin muhit ilmiy izlanishlar uchun juda qulay ekanini ta’kidlashmoqda.

Abdulla Oxunov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistranti:

Bu yerda yaratilgan ilmiy muhit, kitoblar boyligi va zamonaviy texnologiyalar ilm bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun katta imkoniyat. Ayniqsa, "Sonic Chair" qurilmalari orqali audio kitoblarni boshqalarga xalaqit bermasdan tinglash imkoniyati juda qulay. Bu yerda mavjud manbalar asosida magistrlik va doktorlik darajasidagi ilmiy ishlarni samarali olib borish mumkinligini his qildim.

Muhammadyoqub Ahmadjonov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistranti:

Markaz kutubxonasida zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan va chet eldan keltirilgan ilmiy adabiyotlar biz kabi ilmiy izlanish olib borayotgan yoshlar uchun katta imkoniyat yaratadi. Bu yerda o‘ziga kerakli manbalarni topib, bemalol foydalanish mumkin. Shu sababli bu maskan yosh tadqiqotchilar uchun muhim bilim manbai hisoblanadi.

Yana bu kutubxonani boshqalardan farq qiluvchi eng muhim jihati — uning mukammal inklyuzivligi.

Bu yerda ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlar uchun maxsus jihozlangan alohida xona tashkil etilgan. U zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida sakkiz nafar foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Xonada o‘rnatilgan Xitoydan keltirilgan videokattalashtirgich qurilmalari matnlarni bir necha barobar kattalashtirib, ularni aniq ko‘rish imkonini beradi. 24 dyuymli ekran, avtofokus va turli kontrast sozlamalari orqali kitob o‘qish ancha yengillashadi.

Bu texnologiya orqali zaif ko‘ruvchi insonlar mustaqil ravishda bilim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, kutubxonada Braille displeylari orqali raqamli matnlarni Brayl alifbosida o‘qish imkoniyati yaratilmoqda. Demak, foydalanuvchi kompьyuter orqali ilmiy materiallar bilan to‘liq ishlay oladi.

Kutubxona qoshidagi maxsus fondda esa qariyb mingga yaqin Brayl alifbosidagi kitoblar jamlangan.

Markaz kutubxonasi va arxiv hujjatlari bo‘limi boshlig‘i Ravshan Qodirov bu borada shunday deydi:

Bizning asosiy maqsadimiz — har bir inson uchun teng imkoniyat yaratish. Kutubxona faqat kitob saqlanadigan joy emas, balki barcha uchun ochiq bilim makoni bo‘lishi kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida audiokitoblar bazasini kengaytirish va raqamli imkoniyatlarni yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.

Bugun bu kutubxona faqat ilmiy markaz emas. U inson qadri, tenglik va innovatsiya uyg‘unlashgan makonga aylanmoqda.

Bu yerda eng muhim narsa — imkoniyatlar. Va bu imkoniyatlar har bir inson uchun teng.

Shu bois, bu kutubxonaga kelgan inson faqat kitob bilan emas, balki yangi imkoniyatlardan ham bahra oladi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12221
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar