Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

BMT vakili hayratda: “Bu muzey insoniyatni boshqacha ko‘rsatadi”

30.04.2026, 09:341084

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirgan inson uchun vaqt tushunchasi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Aynan shu taassurot BMT Bosh kotibining ofatlar xavfini kamaytirish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kamal Kishore boshchiligidagi delegatsiya tashrifi davomida yaqqol namoyon bo‘ldi. 

Delegatsiya a’zolari markazning barcha ekspozitsiya zallari bilan batafsil tanishib, gidlar tomonidan berilgan izohlar orqali tarixiy manbalar va eksponatlar haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lishdi. Tashrif davomida mehmonlar turli davrlarni qamrab olgan boy madaniy va ilmiy merosning tizimli va zamonaviy yondashuv asosida taqdim etilganini alohida e’tirof etdilar.

Ikkinchi Renessans davri ekspozitsiyasida xonliklar davri merosi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shayboniylar, Ashtarxoniylar va boshqa sulolalarning Temuriylar davri madaniy an’analarini davom ettirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuqori baholandi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va Xiva shaharlarida bunyod etilgan me’moriy obidalar, yaratilgan ilmiy va adabiy asarlar ushbu uzviylikni yaqqol namoyon etadi.

Xususan, Shayboniylar davrida kitobat san’atining yuksalishi, Buxoro miniatyura maktabining shakllanishi, Ashtarxoniylar davrida  Bahodir Yalangto‘sh tomonidan Samarqandda Sherdor va Tillakori madrasalarining bunyod etilishi tarixiy meros davomiyligining yorqin misoli sifatida qayd etildi.

Delegatsiya a’zolari Xiva xoni Muhammad Rahimxon II hamda davlat arbobi Islomxo‘ja faoliyati bilan ham tanishib, ularning mamlakatga zamonaviy g‘oyalar va ilm-fan yutuqlarini joriy etishga intilganini yuqori baholadilar.

Tashrifning eng ta’sirli nuqtalaridan biri Markazning “yuragi” hisoblangan Qur’oni Karim zali bo‘ldi. Bu yerda VII asrda qo‘lda ko‘chirilgan noyob Usmon Mushafi saqlanmoqda. Uning atrofida Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqa sulolalar davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalari hamda ularning eski o‘zbek tiliidagi tarjimalari namoyish etilgan.

Zalning me’moriy yechimi ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi: 65 metrlik ulkan gumbaz, 50 tonnalik va milliondan ortiq "Svarovskiy" toshlari bilan bezatilgan qandil, devorlarda qo‘llanilgan noyob pushtirang marmar hamda Qur’on oyatlari bitilgan ipak gilamlar ushbu makonga alohida ulug‘vorlik bag‘ishlaydi.

Kamal Kishor, BMT Bosh kotibining maxsus vakili:

Bu nihoyatda ajoyib muzey. U Prezidentning yuksak va uzoqni ko‘zlagan strategik qarashini yaqqol namoyon etadi. Eng ta’sirli jihati shundaki, ushbu go‘zal maskan juda keng tarixiy davrni qamrab oladi — ibtidoiy davrlardan boshlab miloddan avvalgi V asrgacha, undan keyingi ilk milodiy asrlar va nihoyat, O‘zbekiston hududida islom dinining kirib kelishigacha bo‘lgan jarayonlar izchil yoritilgan.

Bu yerda ilm-fan, san’at, musiqa va insoniyat faoliyatining turli yo‘nalishlari taraqqiyoti nihoyatda uyg‘un va ta’sirchan tarzda aks ettirilgan. Ayniqsa, ushbu mintaqa xalqlarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi chuqur va ilhom baxsh etuvchi ruhda ko‘rsatilgan. Masalan, algebra fanining aynan shu hududda shakllangani, Yer sharining aylana uzunligi ilk bor shu yerda aniqlangani, taqvim tizimi va Quyosh sikliga oid bilimlarning rivojlangani katta faxr uyg‘otadi.

Shu bilan birga, musiqa, miniatyura san’ati, kundalik hayot va ilm-fan bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda yoritilgan. Mening soham tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish nuqtai nazaridan qaraganda, bu yerda Yer tizimi qanday ishlashiga oid qadimiy ilmiy qarashlar ham o‘z aksini topgan. Insoniyat asrlar avval ham tabiat jarayonlarini anglashga, xavf-xatarlarning kelib chiqishini tushunishga va ularga qanday bardosh berish mumkinligini o‘rganishga intilgan. Bu esa bugungi kun uchun ham muhim saboq va kuchli ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar