Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Karyera kuni”da ishtirok etdi

01.05.2026, 12:051490

Toshkentda talabalar va ish beruvchilarni birlashtirgan “Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham ishtirok etdi. Bu galgi uchrashuv faqat bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti bilan cheklanib qolmadi — u yoshlar uchun kelajak yo‘lini belgilashga xizmat qiluvchi platformaga aylandi.

Tadbir O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (O‘zJOKU)da tashkil etildi. Unda 80 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirok etdi. Ular talabalarga ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etdilar.

Markaz vakillari talabalar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ilmiy tadqiqotlar, media loyihalar va amaliy tajriba dasturlari haqida ma’lumot berdi. Ular yoshlarni faqat ish bilan ta’minlash emas, balki ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ham ilgari surdilar.

Bu esa Markazning an’anaviy muzey yoki madaniy muassasa doirasidan chiqib, ilmiy va media sohalarda kadrlar tayyorlashda muhim hamkorga aylanayotganini ko‘rsatadi.
Universitet rahbariyati ham bu hamkorlikni yuqori baholamoqda.

O‘zJOKU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ravshan Rayimjonovning ta’kidlashicha, Markaz bilan hamkorlik talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda:

“Biz ushbu markaz bilan hamkorlik memorandumini yo‘lga qo‘yganmiz. Kelgusida talabalar amaliyotini shu yerda tashkil etish, shuningdek, YUNESKO va media yo‘nalishida yangi tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.”

Tadbir doirasida talabalar faqat Markaz bilan emas, balki boshqa yirik tashkilotlar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Ular orasida chakana savdo tarmoqlari, banklar va ijtimoiy tashkilotlar ham bor.

Mutaxassislar fikricha, bunday tadbirlar yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Ular talabalarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda universitetni 968 nafar talaba bitirmoqda. Hozirda ularning 64 foizi ish bilan ta’minlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni 95–96 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Bu yo‘lda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. “Karyera kuni” ana shu jarayonning muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.

Bir narsa aniq: bu kabi uchrashuvlar faqat ish topish emas, balki kelajakni shakllantirish imkoniyatini ham taqdim etadi.

Karyera kuni

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14836
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12229
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9956
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7990
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar