Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash tarzini o‘zgartirgan maskan

02.05.2026, 16:531192

Nafaqat tashqi mahobati va ko‘lami, balki ichki mazmuni jihatidan ham nihoyatda muhim ekani e’tirof etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan tizim xodimlari, ularning oila a’zolari, shuningdek akademik litsey o‘quvchilari va kursantlar uchun muntazam tashriflar tashkil etilmoqda. Shu kunga qadar bunday tashriflar doirasida 2000 nafardan ortiq tizim vakillari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Markaz mazmun mohiyati va ekspozitsiyalari bilan tanishtirildi.

Navbatdagi tashrif doirasida Buxoro, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari akademik litseylari o‘quvchilari nafaqat muzey ekspozitsiyalar bilan tanishdilar, balki ichki ishlar tizimi rahbarlari bilan Markazda o‘tkazilgan ochiq muloqotda ham ishtirok etdilar.

Muloqotda yoshlarning kasbiy yo‘nalishi, vatanparvarlik va xizmat burchini mustahkamlash, uchinchi Renessans g‘oyasida ularning o‘rni hamda ta’lim va amaliyot uyg‘unligi kabi muhim masalalar muhokama qilinib, bildirilgan savol va takliflarga atroflicha javoblar berildi. Tadbir doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev muallifligidagi “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” asari topshirildi hamda Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpo‘latov tomonidan yoshlarga kelgusi maqsad va rejalarini to‘g‘ri belgilab olish haqidagi tilaklari yo‘llandi. 

Muloqotda yoshlarning kasbiy yo‘nalishi, vatanparvarlik tuyg‘ulari, xizmat burchi va uchinchi Renessans g‘oyasidagi o‘rni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ulug‘bek Hamdamov, Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti Ijtimoiy himoya boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik:

Bugungi uchrashuv yoshlarimiz uchun katta ma’naviy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu kabi muloqotlar ularda kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Eng muhimi, yoshlar juda faol — ular tomonidan bildirilgan takliflar dolzarb va o‘rinli. Bu takliflar bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi. Muloqot uchrashuvida Ichki ishlar vaziri yo‘llagan murojaatning asosiy maqsadi ham yoshlarda o‘z kelajagiga ishonch uyg‘otish, ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Olimjon Rahmatov, Ichki ishlar vazirligi departamenti katta inspektori, katta leytenant: 

Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan bunday tashriflar muntazam tashkil etilmoqda. Buning natijasida minglab yoshlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishib ulgurdi. Navbatdagi tadbirda ham o‘quvchilar ekspozitsiyalar bilan tanishish bilan birga, rahbarlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularda vatanparvarlik, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. 

Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Botir Murodillayev Markazga tashrifdan olgan taassurotlari kelajak maqsadlariga erishish uchun kuchli turtki bo‘lganini ta’kidladi:

Bu tashrif biz uchun katta ruhiy ko‘tarinkilik berdi. Bu yerda ko‘rganlarimiz va eshitganlarimiz kelajakda o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishish uchun kuchli turtki bo‘ladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, uchinchi Renessansni biz yoshlar barpo etamiz. Bu esa bizdan yanada ko‘proq bilim va mas’uliyat talab qiladi.

Charos Mahmudova, Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi: 

Bu yerda tarixni faqat kitoblarda emas, balki jonli va interaktiv tarzda ko‘rish mumkin ekan. Masalan, qadimiy musiqa asboblari, yozuvlar va boshqa eksponatlarni bevosita ko‘rib, his qilish imkoniyati katta taassurot qoldirdi. Bunday tashriflar biz yoshlar uchun juda katta motivatsiya bo‘ladi. Chunki inson o‘z tarixini bilgan sari, kelajakka ishonchi ham mustahkamlanadi.

Jonibek Tolibov, Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi o‘quvchisi: 

Markazda tarixni jonli ko‘rish insonda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Ayniqsa, rahbarlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, kitob va murojaatnomani qabul qilish menga yanada katta ilhom berdi. Bu esa kelajakda o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlashga undaydi va yurtimizga munosib xizmat qilishga ishonchimni oshiradi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashi, fuqarolik pozitsiyasi va ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularni yurt ravnaqi yo‘lida fidoyi bo‘lishga undaydi.

carousel image 1
carousel image 2
Ichki ishlar vazirligi

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14836
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12229
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9956
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7990
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar