Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Seyshel vaziri: “Butun dunyoga taqdim etilgan ulkan sovg‘a”

02.05.2026, 17:401178

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora vaziri Barri For 3000 yillik tarixni qamrab olgan ekspozitsiyalar bilan tanishar ekan, bu yerda taqdim etilgan madaniy va ilmiy merosning zamonaviy texnologiyalar orqali jonli tarzda yoritilishiga yuqori baho berdi.

Seyshel vaziri o‘z taassurotlarida Markazni yuksak e’tirofga munosib loyiha sifatida baholab, uning barpo etilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning strategik qarashlari muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.

“Bu markaz — uzoqni ko‘ra olganlik natijasi. Bu yerda bir kun emas, balki bir necha kun qolib, sivilizatsiyani yanada chuqurroq o‘rganish istagi paydo bo‘ldi,” — dedi u.

Martabali mehmonning aytishicha, Markazda namoyish etilgan har bir eksponat alohida e’tiborga loyiq. Ayniqsa, taxminan 3000 yil avval yaratilgan bug‘u haykali unda katta hayrat uyg‘otgan.

“Qadim zamonda bunday san’at asarining yaratilgani meni hayratga soldi. Uni saqlab qolganingiz — bu katta yutuq,” — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Tashrif yakunida u Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z fikrlarini yozib qoldirdi. Unda Markaz “O‘zbekiston xalqiga va butun dunyoga taqdim etilgan ulkan sovg‘a” ekanini alohida ta’kidladi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
3000 yillik tarix

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar