Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Malayziyalik professor: “Markaziy Osiyo tamaddunini anglashga xizmat qiladigan noyob maskan”

04.05.2026, 14:021126

Malayziya texnologiya universiteti professori Muhammad Shafriy Muhammad Rahim boshchiligidagi delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan ilmiy-ma’rifiy muhit va zamonaviy ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlar Markazda islom tamadduni tarixi aniq, tushunarli va izchil tarzda taqdim etilganini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishiga oid ma’lumotlarning boyligi hamda ularning mantiqiy tizimda yoritilgani katta taassurot qoldirdi.

Muhammad Shafriy Muhammad Rahim, Malayziya texnologiya universiteti professori:

Bu mening Markazga ilk tashrifim. Bu yerda ma’lumotlar juda aniq, tushunarli va yuqori darajada taqdim etilgan. Hikoya qilish uslubi orqali Markaziy Osiyoda islom tamaddunining rivojlanishi izchil ochib berilgan va bu tashrifni oddiy tomoshadan ko‘ra chuqur bilim olish jarayoniga aylantiradi. Shu bilan birga, Markazda jamlangan materiallar hajmi va ularning tizimli taqdim etilishi uni xalqaro darajadagi muhim ilmiy manba sifatida baholash imkonini beradi. Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgani ekspozitsiyalarni yanada ta’sirchan qiladi va ma’lumotlarni keng jamoatchilikka tushunarli tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Ushbu maskanni xalqaro ilmiy platforma sifatida baholash mumkin. Chunki bu yerda tamaddun taraqqiyotiga oid juda ko‘p va qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Bu kabi yondashuv bugungi va kelajak avlod uchun ham katta ahamiyatga ega. 

Shuningdek, Markazning Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilganligi munosib e’tirof deb o‘ylayman. Chunki Markazda tarixning mazmuni va taqdim etilish uslubi, ayniqsa zamonaviy texnologiyalardan foydalanilishi uni boshqa muzeylardan ajratib turadi. Bu yerda yaratilgan imkoniyatlar insonga nafaqat ma’lumot beradi, balki uni chuqurroq anglashga yordam beradi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
Malayziya

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7984
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar