Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Turkiya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi niyatini ochiqladi

06.05.2026, 14:551142

Turkiya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi Qodir O‘zqoyaning ta’rificha, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi inson sivilizatsiyasini bir butun jarayon sifatida aks ettiradi. 

Qodir O‘zqoya, Turkiya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi:

Avvalo, bu Markazni barpo etishda mehnat qilgan barchaga chin dildan minnatdorlik bildiraman. Haqiqatan ham bu yerda yaratilgan inshoot juda muhtasham, har tomonlama mukammal. Bu maskan inson sivilizatsiyasini bir butun jarayon sifatida aks ettiradi. Islomdan oldingi davr ham, islomdan keyingi taraqqiyot bosqichlari ham izchil tarzda yoritilgan. Bu yerda namoyish etilgan eksponatlar, berilgan ma’lumotlar juda qimmatli. Inson tarixi umumiyligi, sivilizatsiyaning uzviyligi bu yerda yaqqol namoyon bo‘ladi. Turli davrlarda sivilizatsiya rivojida uzilishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, bu jarayonlar Markazda yagona tarixiy zanjir sifatida ko‘rsatilgan. Ayniqsa, muqaddas Qur’oni karimning qadimiy nusxalarini, xususan, Usmon ibn Affon tomonidan yozilgan mushafni ko‘rish menda yanada chuqur hissiyot uyg‘otdi. Bu juda alohida va unutilmas taassurot bo‘ldi. Bu markazni Toshkentga tashrif buyurgan har bir inson albatta ko‘rishi kerak, deb o‘ylayman. Kelgusida yana kengroq vaqt ajratib, barcha ekspozitsiyalarni batafsil o‘rganish niyatim bor. Agar uch so‘z bilan aytsam — ajoyib, ajoyib, ajoyib.

Shuningdek, delegatsiya tarkibidagi Turkiya Konstitutsiyaviy sudi vakili Omer Faruq ham markaz haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Omer Faruq, Turkiya Konstitutsiyaviy sudi vakili:

Markaz yaxlit va puxta o‘ylangan konsepsiya asosida tashkil etilgani darhol seziladi. Bu yerda islomdan oldingi davrdan tortib, islomdan keyingi taraqqiyot bosqichlarigacha bo‘lgan jarayonlar izchil va mantiqiy tarzda yoritilgan. Inson taraqqiyotining turli bosqichlari aniq va tizimli ravishda namoyon etilgani alohida e’tiborga loyiq. Eksponatlarning barchasi diqqatimizni tortdi. Ayniqsa, huquqshunos sifatida meros taqsimotiga oid tarixiy hujjatlar menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu esa Markazning nafaqat tarixiy, balki ilmiy va amaliy ahamiyati ham yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Bo‘limlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning har biri yuksak saviyada tashkil etilgan. Shu bois, birini alohida ajratib ko‘rsatish qiyin — barchasi o‘ziga xos va mazmun jihatidan boy.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
Konstitutsiyaviy sudiTurkiya Respublikasi

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14835
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12228
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9955
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7989
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar