Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Malayziya vaziri: “Bu markaz ta’lim uchun beqiyos ahamiyatga ega”

06.05.2026, 17:211054

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif insonni oddiy kuzatuvchidan o‘tmish va bugun o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni his etuvchi mushohadichiga aylantiradi. Bu yerda vaqt tushunchasi an’anaviy mazmunini yo‘qotib, sivilizatsiyalar izchilligi orqali yangi ma’no kasb etadi.

Mazkur taassurot Malayziyaning Oliy ta’lim vaziri doktor Datuk Seri Diradja Zambri Abdul Qodirning Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishuvi davomida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Datuk Seri Diradja Zambri Abdul Qodir, Malayziyaning Oliy ta’lim vaziri:

Avvalo ta’kidlashni istardimki, bu Markaz — O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan ulkan va uzoqni ko‘zlagan tashabbusdir. Bu yerda yaratilgan muhit va taqdim etilgan boyliklar har qanday tashrif buyuruvchida chuqur taassurot qoldiradi. Men ko‘rganlarimdan chin ma’noda hayratdaman.

Eng muhim jihatlardan biri — islom sivilizatsiyasining ushbu hududdagi tarixi izchil va ta’sirchan tarzda yoritilganidir. Bu nafaqat o‘tmishni anglash, balki uni kelajak avlodga yetkazish nuqtai nazaridan ham beqiyos ahamiyatga ega.

Bu markazning ta’limiy qiymati ayniqsa yuksak. Chunki sivilizatsiyani o‘rganish orqali inson xalqlar va davlatlarning asrlar davomida qanday rivojlanganini anglaydi. Bu yerda esa Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar va olimlar merosi yorqin namoyon etilgan.

Men O‘zbekiston rahbariyatini shunday yuksak darajadagi Islom sivilizatsiyasi muzeyini barpo etgani munosabati bilan samimiy tabriklayman. Bu tashrif menda unutilmas taassurot qoldirdi.

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 5 may kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Malayziya Qirolichasi ishtirokida “Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’ana: manbalar, dolzarb masalalar va salohiyat» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7984
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar