Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekistondagi megaloyiha uchun olimlar bilan 100 ga yaqin shartnomalar imzolandi

26.04.2025, 21:23994
Oʻzbekistondagi megaloyiha uchun olimlar bilan 100 ga yaqin shartnomalar imzolandi

Shu kunlarda Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida “ajdodlarimizning  dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish” uchun 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar bir maqsad uchun harakat qilishmoqda.


 

Ular markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 10 ta yoʻnalishda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.

Eslatib oʻtamiz: joriy yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, jarayon bilan tanishgan edi. Prezident tashrifidan soʻng berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida mart oyida Markaz Vasiylik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtgan.  Vasiylik Kengashi raisi – Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida oʻtgan kengaytirilgan yigʻilishda Markaz ekspozitsiyasini boyitish, ilmiy va innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish hamda ijtimoiy-maʼrifiy va ilmiy-amaliy maskan sifatidagi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilingan.

Ushbu yigʻilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib sentabrda ochilishi kutilayotgan Markazda Maxsus shtab faoliyat yuritayotgan boʻlib, 10 ta yoʻnalish boʻyicha Ishchi guruhlar muhokamalar oʻtkazib kelmoqda.



 

Allaqachon Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasidan oʻrin oladigan, Ilmiy kengash yigʻilishlarida muhokama qilinib, maʼqullangan loyihalar boʻyicha shartnomalar imzolanmoqda. Maʼqullangan loyihalar doirasida shartnoma imzolagan olimlar bunday xayrli ishga hissa qoʻshayotganidan mamnunligini bildirmoqda.

Gulorom MAShARIPOVA, falsafa fanlari doktori, professor:

Shartnomalar imzolandi, ishonch bildirildi va roʻyxatdan oʻtkazildi. Endi asosiy maqsadimiz faqat olgʻa ishlash va masʼuliyatni his qilgan holda vazifani risoladagidek bajarishdir. Bu ishonchni oqlashga, berilgan vazifani ortigʻi bilan bajarishga harakat qilamiz. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kontentini boyitishga oz boʻlsa-da hissamizni qoʻsha olsak,  oʻzimizni baxtiyor his qilamiz.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilgan Maxsus shtab tahlillariga koʻra, ayni kunda Oʻzbekistondagi megaloyiha  kontentini boyitish doirasida olimlar bilan 100 ga yaqin shartnomalar imzolangan va bu jarayon davom etmoqda.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14834
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12227
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9954
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7987
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar