Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Bu yerga albatta yana qaytamiz” – Avstriya vazirlarining Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi

07.05.2026, 17:311078

Avstriya Yevropa va Xalqaro Ishlar Vaziri Beate Maynil-Reysinger hamda Avstriya Ichki Ishlar Vaziri Gerxard Karner delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri Baxtiyor Saidov va Ichki Ishlar Vaziri Aziz Toshpo‘latov hamrohligida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markazning Islomdan avvalgi davr bo‘limi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Baqtriya sivilizatsiyasiga oid taqinchoqlar, Kushon davri tangalari hamda yer yuzidagi eng qadimiy shaxmat donalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Xususan, yurtimiz hududidagi Dalvarzintepadan topilgan shaxmat donalari dunyodagi eng qadimiy bunday topilmalardan biri ekani ta’kidlandi. Mutaxassislar ushbu donalar Hindistondan topilgan shaxmat namunalaridan qariyb to‘rt asr oldin yaratilganini aniqlagani mehmonlar e’tiborini tortdi.

Birinchi Renessans bo‘limida esa saljuqiylar davriga oid noyob zargarlik buyumlari va ikki boshli burgut tasviri tushirilgan davlat tug‘rosi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, Ikkinchi Renessans bo‘limidagi Bibixonim siymosi alohida diqqat markazida bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, ushbu qiyofani yaratishda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyalari asos qilib olingan. Davlatimiz rahbari Bibixonimning bosh kiyimi, libos ranglari va bo‘y-basti aynan ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo tasvirlagan tarixiy manbalarga mos bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan edilar. Mazkur mum haykal ana shu tarixiy tavsiflar asosida yaratilgan.

Mehmonlar Yangi O‘zbekiston — yangi Renessans poydevori bo‘limidagi daraxt installyasiyasi hamda Qur’oni Karim zalidagi noyob ekspozitsiyalarni tomosha qilib, yuksak hayrat va taassurotlarini izhor etdilar.

Beate Maynil-Reysinger, Avstriya Yevropa va Xalqaro Ishlar Vaziri:

“Bu yerda bo‘lish imkoniga ega bo‘lganimizdan juda mamnunmiz va bu biz uchun katta sharaf. Men hayotimda hech qachon bunday buyuk narsani ko‘rmaganman. Islom sivilizatsiyasi markazida Avstriyaga tegishli bir qismining mavjudligi bizni yanada faxrlantiradi, shuning uchun markazni tabriklayman”.

Gerxard Karner, Avstriya Ichki Ishlar Vaziri:

“Markazda ko‘rgan barcha ekspozitsiyalar biz uchun katta ta’sir qoldirdi va biz albatta yana qaytib kelamiz”.

Tashrif so‘ngida Avstriya Federal tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger hamda Avstriya Federal ichki ishlar vaziri Gerxard Karner Markazning Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z dastxatlarini qoldirdilar.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar