Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Malayziyada O‘zbekiston ilmiy merosiga qiziqish ortib bormoqda

08.05.2026, 16:53845

Joriy yil 5-may kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’ana: manbalar, imkoniyatlar va dolzarb masalalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjuman islom ilmiy merosini o‘rganish, uning zamonaviy ilm-fan bilan bog‘liqligini tahlil qilish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bosh ilmiy xodimi Zohidulla Munavvarov Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Malayziyada islomiy va ilmiy an’analar shakllanishi tarixiy jihatdan bevosita Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston hududi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

“Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, jumladan Malayziyada islomiy va ilmiy an’analar shakllanishi bizning yurtimiz bilan bevosita bog‘liq. Tarixiy migratsiya va ko‘chish jarayonlari natijasida Islom dini ilk davrlardanoq ushbu hududlarga kirib borgan bo‘lib, shu jarayon orqali ilmiy-ma’rifiy an’analar ham u yerlarga yetib borgan.

Bugungi kunda Malayziyada O‘zbekiston va uning ilmiy-madaniy merosiga qiziqish juda yuqori. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ilmiy va madaniy hayotda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “Yangi O‘zbekiston” fenomeni doirasida ilm-fan va ma’rifatga berilayotgan e’tibor hamda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan tizimli sa’y-harakatlar ularda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘ylaymanki, ushbu konferensiyaning ta’siri nafaqat ikki mamlakat doirasida, balki butun musulmon olami miqyosida ham keng aks-sado beradi.”

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14835
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12228
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9955
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7989
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar