Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘z tarixini anglagan yoshlar — kelajak bunyodkorlari

09.05.2026, 15:211303

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar davom etmoqda. Navbatdagi tashrif davomida Nukus davlat texnika universiteti talabalari markaz faoliyati, nodir eksponatlar, qo‘lyozmalar hamda zamonaviy interaktiv texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov markazning ahamiyati haqida to‘xtalib, mazkur maskan nafaqat muzey, balki yoshlarni ilm-fan, ma’naviyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan ulkan ma’rifiy maydon ekanini ta’kidladi.

Islom sivilizatsiyasi markazi bugun Markaziy Osiyodagi eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi. Ushbu markazning asosiy maqsadi — Islom olimlari, ushbu zaminda yashab ijod qilgan buyuk mutafakkirlarimizning jahon sivilizatsiyasi va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatishdan iborat. Bu yerda Islomdan avvalgi davridan tortib, Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi Renessans bosqichlarigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar yaxlit konsepsiya asosida namoyon etilgan, — dedi vazir.

Shuningdek, vazir talabalarning markazga tashriflari grafik asosida tashkil etilayotganini qayd etib, bu tashabbusning asosiy maqsadi yoshlarni o‘z tarixi va ajdodlari merosi bilan yaqindan tanishtirish ekanini ta’kidladi.

“Bugun biz uzoq hududlardan boshladik. Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan talabalar markaz bilan tanishmoqda. Keyingi haftalarda boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari ham keladi. Maqsad — yoshlar bu yerda olgan bilimlarini o‘z hududlarida tengdoshlariga yetkazishi, xalqimiz tarixi va sivilizatsiyasi naqadar ulug‘ ekanini anglatishidir. Bu aksiyaning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati juda katta”, — dedi Kongratbay Sharipov.

Talabalar ham markaz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Universitet talabasi Xallilayeva Dilfuza mazkur maskan o‘tmish va kelajakni bog‘lab turuvchi ma’rifiy ko‘prik ekanini ta’kidladi.

“Bu yerda tarixiy eksponatlar, Islom diniga oid qo‘lyozmalar hamda sun’iy intellekt asosida yaratilgan zamonaviy texnologiyalarni ko‘rdik. Eksponatlarning katta qismi asl nusxada ekani bizda katta taassurot qoldirdi. Bu esa mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi merosiga bo‘lgan e’tibor qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Menga eng katta taassurot qoldirgan bo‘lim — Birinchi Renessans davri bo‘ldi. U yerda O‘zbekiston tarixi keng va ta’sirchan tarzda yoritilgan. Biz tarixni go‘yo o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, anglab oldik. Bu yerdagi ma’lumotlar va eksponatlar kelajakdagi ishlarimiz uchun turtki va motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi u.

Shu bilan birga, talabalar markazda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanilayotganiga ham alohida e’tibor qaratdilar.

“Avvalo, manashunday mahobatli markazni bunyod etish tashabbusini ilgani surgan Prezidentimizga rahmat aytamiz. Chunki biz yoshlarga hamisha e’tibor ko‘rsatib, bugun shu yerda ekanligimizning sababchisi ham ular. Markazni aylanar ekanmiz Sun’iy intellekt orqali tarixiy eksponatlar haqida yanada keng va real ma’lumotlar oldik. Bu esa tomoshabinlarning tarixni chuqurroq anglashi va yodda saqlab qolishiga yordam beradi”, — dedi talaba Ispirganova Salima.

Ekskursiya davomida talabalar mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, tarixiy merosni o‘rganish va ma’naviy tarbiya masalalariga qaratilgan e’tibor uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdilar.

Mazkur ma’rifiy sayohatlar yosh avlodning milliy o‘zlikni anglashi, buyuk ajdodlar merosini o‘rganishi hamda mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ekskursiya yakunida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda markaz direktori mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ilm-fan va ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur markaz Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot ramzi ekanini ta’kidladi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu markaz siz yoshlarning bilim olish, tarixini anglash va buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lib yetishishingiz uchun xizmat qiladi. Kelajak sizlarniki. Yangi g‘oyalar, yangi ixtirolar va taraqqiyotni aynan sizlardan kutamiz. Yangi O‘zbekistonni sizlarga o‘xshagan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan birga quramiz, — dedi Firdavs Abduxoliqov.

carousel image 1
carousel image 2
TalabalarNukus

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14835
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12228
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9955
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7989
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar