Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Malayziya delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

09.05.2026, 16:191085

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga Malayziya delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida mehmonlar markazning barcha ekspozitsiya zallari bilan tanishib, nodir qo‘lyozmalar, tarixiy artefaktlar va zamonaviy interaktiv texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Malayziya texnologiya universiteti Raja Zarith Sofiah Centre for Advanced Studies on Islam, Science and Civilization direktori Doktor Mohd Hilmi Ramli markaz faoliyatiga yuqori baho berdi.

“O‘zbekistondagi ushbu markaz juda muhtasham va ilmiy jihatdan boy maskan ekan. Bu yerda Islom sivilizatsiyasi merosi nafaqat saqlanmoqda, balki zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etilmoqda. Muzey ekspozitsiyalari orqali tarixni nafaqat ko‘ramiz, balki uni his qilamiz,” — dedi Doktor Mohd Hilmi Ramli.

Markaz bilan tanishuv jarayonida mehmonlar Islomgacha bo‘lgan davr, Birinchi va Ikkinchi Renessans davri, shuningdek, buyuk allomalar merosiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirdilar.

Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Doktor Mohd Asri bin Zaynul Obidin ham markaz haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Moturidiy kabi ulug‘ allomalarning merosini bu yerda ko‘rish menda katta taassurot qoldirdi. Bu markaz yosh avlod uchun haqiqiy ilhom manbai hisoblanadi,” — dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 5 may kuni Islom sivilizatsiyasi markazida Malayziya bilan hamkorlikda “Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’ana: manbalar, imkoniyatlar va dolzarb masalalar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan edi. Anjumanda Malayziya, O‘zbekiston va Turkiyadan 300 ga yaqin olimlar ishtirok etib, Islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish va targ‘ib qilishning zamonaviy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

konferensiyaMalayziya

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14835
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12228
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9955
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7989
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar