Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Malayziya parlamenti a’zosi davlatlar o‘rtasidagi muhim asosga e’tibor qaratdi

14.05.2026, 11:55883

Malayziya Parlamenti a’zosi, Bukit Gantang okrugi vakili Dato Sayyid Abu Hussin bin Hofiz Sayyid Abdul Fasal turli davlatlar ilm ahlining bir maydonda fikr almashishi kelajakda yangi tashabbus va qo‘shma loyihalar uchun yaxshi asos yaratadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’ana: manbalar, imkoniyatlar va dolzarb masalalar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Malayziya Parlamenti a’zosi, Bukit Gantang okrugi vakili Dato Sayyid Abu Hussin bin Hofiz Sayyid Abdul Fasal ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida mehmon konferensiyaning xalqaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini yuqori baholadi. Uning ta’kidlashicha, bunday uchrashuvlar davlatlar o‘rtasida yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalar uchun muhim asos yaratadi.

Bu juda muhim va ahamiyatli konferensiya. Menimcha, bunday tadbirlar nafaqat ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, balki davlatlar o‘rtasida yangi imkoniyatlar va hamkorliklar uchun ham muhim qadam hisoblanadi.

O‘zbekiston boy tarix va islom sivilizatsiyasiga oid katta merosga ega mamlakat. Bu kabi xalqaro anjumanlar esa ushbu merosni dunyoga kengroq tanitishga xizmat qiladi. Ayniqsa, turli davlatlardan kelgan ishtirokchilarning bir maydonda fikr almashishi kelajakda yangi tashabbus va qo‘shma loyihalar uchun yaxshi asos yaratadi.

Bu yerdagi muhit, konferensiya formati va mehmondo‘stlik menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Menimcha, bunday uchrashuvlar kelgusida ham izchil davom etishi kerak”, — dedi Dato Sayyid Abu Hussin bin Hofiz Sayyid Abdul Fasal.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14834
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12227
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9955
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7988
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar