Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Turkiyaning nufuzli TIKA tashkiloti prezidenti markazda

14.05.2026, 19:481033

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari, xalq diplomatiyasi va madaniy meros masalalari bo‘yicha nazoratchi, Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) prezidenti Serdar Cham boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar O‘zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan markazning muzey va ekspozitsiya zallari, ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik loyihalari hamda xalqimiz tarixiy-madaniy merosini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Delegatsiya a’zolariga Markazning tashkil etilishi, uning me’moriy yechimi va mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Mehmonlar “Buyuk siymolar galereyasi”, “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari”, Birinchi va Ikkinchi Renessans ekspozitsiyalari, Temuriylar davriga bag‘ishlangan bo‘limlar, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasini ko‘zdan kechirdi.

Mehmonlar Qur’oni Karim zali bilan tanishar ekan, Usmon mushafini ko‘rib chuqur hayajon va hayratda qolganlarini izhor etishdi. 

Tashrif yakunida Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov va Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari, xalq diplomatiyasi va madaniy meros masalalari bo‘yicha nazoratchi, Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) prezidenti Serdar Cham o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Firdavs Abduxoliqov Markaz faoliyati haqida so‘z yuritar ekan, bugungi kunda Turkiyaning turli muzeylari, ilmiy muassasalari va madaniy tashkilotlari bilan qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Bizning xalqlarimizni tarix, madaniyat va ma’naviyat jihatidan juda ko‘p umumiy nuqtalar birlashtirib turadi. Turk xalqi bejizga Markaziy Osiyoni “Ota yurt” deb atamaydi. Shu bois, biz Turkiyaning muzeylari, ilmiy markazlari va TİKA kabi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan mazkur markazning ikkinchi qavatida katta xalqaro platforma, boy kutubxona va bir nechta konferensiya zallari joylashgan. Bu yerda xalqaro forumlar, ilmiy anjumanlar va madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazish imkoniyati mavjud. Sizlarning tashrifingiz ana shu hamkorliklarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonamiz, — dedi u.

Shuningdek, u keyingi yillarda turkiyalik olimlar, tadqiqotchilar va muzey mutaxassislari bilan qator ilmiy-amaliy loyihalar amalga oshirilganini, kelgusida esa qo‘shma ekspozitsiyalar, qo‘lyozmalar va madaniy merosga oid loyihalarni ko‘paytirish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Serdar Cham esa tashrifdan katta taassurot olganini aytib, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini butun turkiy va islom olami uchun g‘ururli maskan deb atadi.

Bu yerga kelganimizdan juda katta baxtiyorlik his qildik. Avvalo, O‘zbekiston Prezidentiga, Markaz rahbariyatiga va butun O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorligimizni bildiraman. Bir musulmon va bir turk sifatida shu maskanni ko‘rish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Bu yerda ajdodlarimiz merosi, ularning ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi juda yuksak saviyada namoyish etilgan. Bu markaz nafaqat O‘zbekistonning, balki butun turk va islom olamining faxri bo‘ladigan maskan ekan. Hozirgi yosh avlodga kitob o‘qitish yoki tarixni oddiy uslubda tushuntirish oson emas. Ammo bu yerda raqamli texnologiyalar, vizual yechimlar va sun’iy intellekt yordamida yoshlarning dunyoqarashiga mos zamonaviy taqdimotlar yaratilgan. Bu juda katta mehnat va yuksak tafakkur mahsuli. Ajdodlarimizning kashfiyotlari va sivilizatsiyaga qo‘shgan hissasi ana shunday zamonaviy usulda butun dunyoga ko‘rsatilmoqda. Bu haqiqatdan tahsinga sazovor, — dedi Serdar Cham.

Uchrashuv so‘nggida Firdavs Abduxoliqov mehmonga Markaz nomidan Katta Langar Qu’onining faksimile nusxasini sovg‘a qildi va Prezidentimizning madaniy merosni o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha ilgari surayotgan tashabbuslari asosida tayyorlangan loyihalardan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Serdar Cham esa turk madhiyasi muallifi, asli buxorolik bo‘lgan Mehmet Akif Ersoy she’rlari to‘plamini markazga taqdim etdi.  Mehmon faxriy mehmonlar kitobiga o‘z qaydlarini yozib qoldirdi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar