
Yangiliklar
BlancOnening O‘zbekistondagi rasmiy vakili: “Islom sivilizatsiyasi markazi eng esda qolarli joylardan biri”
Italiyaning BlancOne kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili, hududiy menejer Erika Richchida Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan muhit va taqdim etilayotgan ma’lumotlar katta taassurot qoldirdi. Dunyoning 60 ga yaqin davlatlarida bo‘lgan Erika Richchining ta’kidlashicha, Markaz eng esda qolarli maskanlardan biri.
Tashrif davomida mehmon tarixiy artefaktlar, qo‘lyozmalar va mulьtimedia texnologiyalari asosida tashkil etilgan ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Ayniqsa, tarixiy ma’lumotlarning zamonaviy interaktiv yechimlar orqali taqdim etilgani mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi. U tashrif davomida qator ekspozitsiyalar mazmuniga alohida qiziqish bildirib, taqdim etilgan ma’lumotlar bilan batafsil tanishdi.
Erika Richchi, BlancOne Uzbekistan’ning rasmiy vakili:
– Bu yerga birinchi marta kelishim va bu tashrif menda juda katta taassurot qoldirdi. Markazda taqdim etilgan ekspozitsiyalar, tarixiy meros va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi haqiqatan ham hayratlanarli. Ayniqsa, har bir bo‘limda ma’lumotlarning interaktiv va tushunarli tarzda yoritilgani menga juda yoqdi.
Men dunyoning 60 ga yaqin davlatlarida bo‘lganman va ishonch bilan ayta olamanki, bu joy eng esda qolarli maskanlardan biri. Bu yerda nafaqat tarixni ko‘rish, balki uni his qilish ham mumkin. Vatanimga qaytganimdan keyin albatta barchaga O‘zbekistonga va ushbu Markazga tashrif buyurishni tavsiya qilaman.
Eng ko‘p o‘qilganlar

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.