Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ko‘zi ojiz yoshlar bilan ilm, ma’rifat va inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy muloqot o‘tkazildi

16.05.2026, 18:11804

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ilmiy-ma’rifiy platforma sifatida ilm ahlini birlashtirgan va xizmat ko‘rsatish uchun teng huquqlilik imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar Ko‘zi ojiz yoshlar markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ajdodlar nomi mangu yodimizda” nomli navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ilm, ma’rifat va inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy muloqot maydoniga aylandi.

Ishtirokchilar Markaz kutubxonasida tashkil etilgan zamonaviy infratuzilma, mustaqil ta’lim va ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan sharoitlar, jamoaviy va yakka tartibda ishlash hududlari, tadqiqot xonalari hamda seminar va taqdimotlar uchun mo‘ljallangan maxsus maydonlar bilan tanishar ekan, bu yerning faqat muzey emas, balki intellektual va ilmiy platforma ekaniga alohida e’tibor qaratdilar.

Ayniqsa, ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun yaratilgan maxsus imkoniyatlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Kutubxona hududidagi akustik kabinalar, raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan ilmiy muhit, audiokitoblar, videokitoblar, Brayl yozuvidagi adabiyotlar hamda maxsus kompyuter dasturlari ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Toshkent shahar boshqarmasi rahbari O‘lmasxon Toshxo‘jayeva bugun mamlakatimizda inson qadri davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Biz O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati sifatida Markazning ilk qurilish jarayonlaridan boshlab jamoatchilik vakili sifatida monitoring ishlarida ishtirok etib kelmoqdamiz. Bizni quvontiradigan jihati shuki, bugun har qanday obyekt qurilishida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulaylik masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, qalbimizda faxr tuyg‘usi uyg‘ondi. O‘zimizni baxtli fuqaro, baxtli inson sifatida his qildik.

Biz kabi insonlar avvalo eshitish, idrok va qalb hissi bilan harakat qilamiz. Shu bois bizga xizmat ko‘rsatuvchilarning samimiy munosabati, shirin so‘z bilan murojaat qilishi va ehtiyojni to‘g‘ri anglab, yo‘naltirishi juda muhim. Markazga bir necha bor tashrif buyurdik va har safar bu yerdagi e’tibor, yaratilgan sharoitlar hamda imkoniyati cheklangan shaxslarga qaratilayotgan g‘amxo‘rlikni his qildik. Bu nafaqat ulkan majmua, balki insonlarni ilm-ma’rifatga chorlaydigan, yurt tarixi va madaniy merosini keng targ‘ib qiladigan muhim maskandir, — deya qayd etdi u.

Tadbirning yana bir muhim jihati — jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish g‘oyalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar bo‘ldi. Ishtirokchilarga jadidlarning ilm-fan, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, Toshkent shahar Ko‘zi ojiz yoshlar markazi tomonidan tayyorlangan jadid namoyandalari portretlari Markaz kutubxonasi fondiga tantanali ravishda topshirildi. Portretlarning Brayl va yassi bosma yozuvlarda tayyorlangani tadbirga alohida ma’naviy ahamiyat bag‘ishladi.

Bundan tashqari, ayol jadidlar harakatiga bag‘ishlangan “Qor qo‘ynidagi lolalar” kitobining Brayl alifbosidagi nashri ham O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga sovg‘a qilindi.

Tadbir yakunida mehmonlar Markaz muzey ekspozitsiyalari bilan tanishdilar. Sayohat davomida ishtirokchilar xalqimizning boy tarixi, ilmiy-ma’naviy merosi va sivilizatsion taraqqiyoti zamonaviy texnologiyalar asosida keng yoritilgan ekspozitsiyalarga yuqori baho berdilar.

Yakunda tadbir ishtirokchilari davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun ilm-ma’rifat olish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etib, minnatdorlik bildirdilar.

Ko‘zi ojiz yoshlar markaziKutubxona

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14834
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12227
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9954
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7988
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar