

Yangiliklar
TOSHKENT — ISLOM SIVILIZATSIYASINING YANGI MADANIY MARKAZIGA AYLANMOQDA
Xalqaro ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosiga yana bir bor yuksak baho bermoqda. Hindistonning nufuzli “The Week” nashrida e’lon qilingan “Exploring Tashkent, the design capital of Uzbekistan” nomli maqolada Toshkent nafaqat dizayn va arxitektura shahri, balki islom sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida e’tirof etildi.
Maqolada alohida urg‘u O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga qaratilgan. Muallif ushbu majmuani “islom olamini tarix, ilm-fan, san’at va ma’naviyat orqali ochib beruvchi noyob makon” deya ta’riflaydi. Hazrati Imom majmuasi yonida barpo etilgan va 10 gektar hududni egallagan markaz 2026 yil mart oyida tantanali ravishda ochildi.
Majmua 65 metr balandlikdagi firo‘za rang gumbazi, Qur’on oyatlari va hadislar bitilgan salobatli peshtoqlari bilan mehmonlarda katta taassurot uyg‘otmoqda. Unda Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qo‘qon kabi qadimiy ilm markazlarining ma’naviy merosi mujassam etilgan.
Markaz ekspozitsiyalarida nodir Qur’on qo‘lyozmalari, xattotlik namunalari, miniatyuralar, keramika va asrlar davomida xorijda saqlangan noyob artefaktlar o‘rin olgan. Shuningdek, islom sivilizatsiyasining ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi — astronomiya, tibbiyot, matematika va falsafa sohalaridagi yutuqlar zamonaviy muzey texnologiyalari asosida namoyish etilmoqda.
Xalqaro ekspertlar va sayyohlar fikricha, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat mamlakatning madaniy brendi, balki butun musulmon olamining ilmiy-ma’rifiy merosini targ‘ib etuvchi yirik xalqaro platformaga aylanmoqda.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.