Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Naqshlar ortidagi tarix: London san’at maktabi mutaxassislari jonli ilhom manbaiga guvoh bo‘ldi

20.05.2026, 20:141120

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassislari, Londonda joylashgan King’s Foundation School of Traditional Arts O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markazning muzey ekspozitsiyalari, me’moriy yechimlari, asl artefaktlar va milliy madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanisharkan, binoning tashqi me’moriy qiyofasi, fasad qismida milliy arxitektura an’analari va zamonaviy yechimlar uyg‘unligi ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ularning ta’kidlashicha, ekspozitsiyalarda namoyish etilayotgan keramik koshinlar, miniatyura san’ati namunalari hamda an’anaviy hunarmandchilik asarlari O‘zbekiston madaniy merosining nafaqat tarixiy, balki yuksak badiiy qiymatga ega ekanini ham yaqqol namoyon etadi.

Tashrifning e’tiborli jihatlaridan biri shundaki, King’s Foundation School of Traditional Arts mutaxassislari so‘nggi ikki hafta davomida talabalar bilan birga O‘zbekistonga xos geometrik va islimiy naqshlarni o‘rganib kelayotganini qayd etdi. Dars jarayonida tahlil qilingan ayrim naqshlarni Markaz ekspozitsiyalarida mavjudligi mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Londonda joylashgan King’s Foundation School of Traditional Arts vakili, doktor Liza DeLong Markaz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markazdagi asl artefaktlar, xususan, keramik koshinlar, miniatyura asarlari va an’anaviy hunarmandchilik namunalari unda katta taassurot qoldirgan.

Bu juda ta’sirli bino. Ayniqsa, uning tashqi qismida O‘zbekiston me’morchilik merosi nafis va o‘ziga xos uslubda aks ettirilgani katta qiziqish va hayrat uyg‘otdi. So‘nggi ikki hafta davomida talabalar bilan birga O‘zbekistonga xos geometrik va islimiy naqshlarni o‘rgandik. Biz muayyan bir naqsh ustida ishlayotgan edik va aynan shu naqshni bu yerda ham ko‘rdik. Bu darslarda o‘rgangan bilimlarimizni amalda ko‘rish imkonini berdi, — dedi doktor Liza DeLong.

Mehmonlarning fikricha, Markaz ekspozitsiyalari orqali O‘zbekiston madaniyati, san’ati va me’moriy an’analari haqida yanada chuqur tasavvur hosil qilish mumkin.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar