Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Petra Syorling: "Bu yerda tarixni his etasiz"

21.05.2026, 15:021100

Xalqaro stol tennisi federatsiyasi prezidenti Petra Syorling O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, Markazda tarix va an’analar nafaqat saqlab qolingan, balki zamonaviy texnologiyalar orqali yangi avlodga ta’sirli va qiziqarli tarzda yetkazilayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu Markaz mamlakat tarixi va milliy g‘ururni namoyon etuvchi muhim ma’naviy maskan ekanini qayd etdi.

Xalqaro stol tennisi federatsiyasi prezidenti Petra Syorling O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, Markazda yaratilgan zamonaviy va interaktiv muhit unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yosh sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga ham alohida to‘xtaldi.

Petra Syorling, Xalqaro stol tennisi federatsiyasi prezidenti:

Bu yerda tarix ulug‘lanayotgani va ayni paytda yosh avlod uchun interaktiv imkoniyatlar yaratilganini ko‘rib juda ta’sirlandim. Markaz insonni nafaqat tarix bilan tanishtiradi, balki uni his qilish imkonini ham beradi. Bu yerdagi interaktiv ekspozitsiyalar kelajak avlod uchun katta ilhom manbai bo‘ladi. Bir davlat rahbarining o‘z xalqi tarixini shunday ulkan va ta’sirli shaklda namoyon qilishi haqiqatan ham ilhomlantiradi. Bu insonlarda o‘z tarixi va madaniyati bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi. Meni eng ko‘p qiziqtirgan jihatlardan biri esa tarixiy shaharlar va jamiyatlarning shakllanish jarayoni, shuningdek, bugungi Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik jarayonlari bo‘ldi. Bu yerda ko‘rganlarim haqiqatan ham juda ilhomlantiruvchi taassurot qoldirdi.

Men O‘zbekistonda stol tennisining rivojlanishiga katta qiziqish bilan qarayapman. So‘nggi yillarda xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalar kuzatilmoqda. Mamlakatda sportga bo‘lgan e’tibor va investitsiyalar kelajakda yanada katta yutuqlarga olib kelishiga ishonaman. Men O‘zbekistonda stol tennisining yanada rivojlanishini ko‘rishni istayman va bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
sportStol tennis

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14831
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar