Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

YXHT Bosh kotibi Islom sivilizatsiyasi markazini beqiyos tashabbus samarasi deb baholadi

22.05.2026, 10:551185

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘li O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mualliflik loyihasi bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifdan olgan taassurotlari uzoq vaqt xotirasida saqlanishini ma’lum qildi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Markazning asosiy g‘oyasi, me’moriy yechimi, ekspozitsiyalari va ilmiy-ma’rifiy ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari dastlab Markazning asosiy foyesida joylashgan “Buyuk siymolar galereyasi” hamda muhtasham ravoqlarni ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston tarixi, davlatchilik an’analari va sivilizatsion taraqqiyotini badiiy yondashuv hamda zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligida aks ettirgan ekspozitsiyalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, YXHT delegatsiyasi Markazdagi xalqaro anjumanlar, ilmiy muloqotlar va nufuzli tadbirlar uchun mo‘ljallangan konferensiya zali bilan ham tanishdi. Zalning arxitekturasi, texnik imkoniyatlari va umumiy muhiti mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.

YeXHT Bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘li Markazda yaratilgan muhit, ekspozitsiyalarning mazmunan boyligi va tarixiy merosni zamonaviy shaklda namoyon etish uslubini yuqori baholadi.

“Bu haqiqatan ham juda ta’sirli maskan. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu beqiyos tashabbus uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bugungi tashrifdan olgan taassurotlarim qalbimda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu yerda insoniyatning umumiy sivilizatsiyasi va boy madaniy merosi haqida juda ko‘p yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Ekspozitsiyadagi barcha bo‘limlar nihoyatda go‘zal va mazmunli tashkil etilgan. Har biri menda katta va unutilmas taassurot qoldirdi”, — dedi Feridun Sinirlio‘g‘li.

YXHT

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14831
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar