Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Ismatul anbiyo” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

22.05.2026, 14:25804

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Moturidiy ilmiy-tadqitot markazi tomonidan nashr etilgan Zomin zaminidan yetishib chiqqan ulug‘ alloma Abul Husayn Peshog‘ariyning mashhur “Ismatul anbiyo” asari taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy-ma’rifiy platformasida tashkil etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu megaloyiha bugun islom ilm-fani, boy qo‘lyozma merosi va ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy xazinani o‘rganish, tadqiq qilish va keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilayotgan yirik ilmiy-ma’rifiy markaz sifatida e’tirof etilmoqda.

Mazkur asar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan Iordaniyaning nufuzli “G‘onim” nashriyotida nashr etildi. Kitob moturidiyshunos olimlar Ahmad Sa’d Damanhuriy va Ixtiyor Abdurahmonovning ilmiy izlanishlari asosida tayyorlanib, ilk bor ilmiy muomalaga kiritilmoqda.

Tadbirda mamlakatimiz ilm-fan va diniy-ma’rifiy sohasining yetakchi olimlari, tadqiqotchilari va mutaxassislari ishtirok etdi. Jumladan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuxamedov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse prezidenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Ilhom Bekmirzayev qatnashdi. 

Shuningdek, taqdimotning asosiy ma’ruzachilari sifatida Abdullatif Alloqulov, Ahmad Sa’d Damanhuriy hamda Ixtiyor Abdurahmonov ishtirok etdilar.

Davronbek Maksudov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari:

“Haqiqatda ham, Yangi O‘zbekistonda juda ko‘p sohalarda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, diniy-ma’rifiy sohada keyingi yillarda xalqimizni xushnud qilayotgan katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Bu bevosita davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan ishlardir. Bugun taqdimoti o‘tayotgan allomaning asari ham ana shunday muhim ilmiy voqealardan biri hisoblanadi. Bu kitob o‘zining qimmati va ahamiyati bilan juda katta mavqega ega. Chunki Movarounnahrdan yetishib chiqqan allomalar o‘rta asrlarda tengsiz asarlar yaratgan va bugun ular xalqaro maydonda ham katta e’tirof etilmoqda.

Qadimiy qo‘lyozmalarni topish, solishtirish, o‘chib ketgan joylarini qayta tiklash juda mashaqqatli mehnat. Bu igna bilan quduq qazishdek og‘ir ish. Lekin ana shu mehnat orqali ajdodlar merosi xalqaro jamoatchilikka yetkazilmoqda. Ayniqsa, mazkur kitobning Iordaniyada chop etilgani O‘zbekiston olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini ko‘rsatadi. Bugun yurtimizda yuzlab manbashunos olimlar shakllandi. Endi ular oldida turgan muhim vazifalardan biri — O‘zbekistonda saqlanayotgan yuz minglab qo‘lyozmalarni tadqiq qilish, nashr etish va xalqimizga yetkazishdir. Bu yo‘nalishda boshlangan ishlar hali uzoq yillar davom etadi va bugungi kitob ana shu katta ishlarga debocha bo‘ladi”.

Kitob muallifi Abul Husayn Muhammad ibn Yahyo Peshog‘ariy taxminan milodiy X asrlarda yashab o‘tgan bo‘lib, uning nomi bugungi kunda ham Zomin tumanida mavjud bo‘lgan tarixiy Peshag‘ar qishlog‘i bilan bevosita bog‘liqdir. Manbalarda bu qishloq nomi “besh oqar” (beshta chashma oqib turadigan joy) yoki «g‘or etagidagi maskan» ma’nolarini bildirishi aytiladi. Olim yoshligida ilm izlab Samarqandga boradi va bevosita hanafiy-moturidiy ta’limoti asoschisi bo‘lgan Imom Moturidiyning Abul Hasan Rustufag‘niy kabi eng ishonchli va ko‘zga ko‘ringan shogirdlaridan ta’lim oladi. Natijada u fiqh, aqida, tafsir va tasavvuf ilmlarini o‘zida jamlagan yetuk alloma bo‘lib yetishadi.

Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti:

“Ko‘p yillar davomida Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlangan, ammo ilmiy muomalaga kiritilmagan noyob qo‘lyozma bugun ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi. Ushbu asar dunyodagi yagona qo‘lyozma hisoblanadi. Ilgari Turkiyada yana bir nusxasi bor degan fikrlar bo‘lgan, ammo tadqiqotlar bu taxminni tasdiqlamadi. Natijada Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo‘lyozma yagona nusxa sifatida ta’kidlandi. Asarda Movarounnahrdagi islomiy ilmlar, xususan payg‘ambarlarning gunohdan saqlanganligi haqidagi aqidaviy qarashlar yoritilgan. Shuningdek, tadqiqot jarayonida asar muallifining hayoti va ilmiy faoliyatiga oid yangi ma’lumotlar ham aniqlandi. Bu kitob moturidiylik ta’limoti, Movarounnahr ilmiy muhiti va o‘rta asrlardagi ilmiy munozaralarni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi, mazkur nashr nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon dunyosi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu hamkorlik yangi ilmiy loyihalar uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi”.

O‘sha davrlarda Qur’on oyatlari va hadislarning faqat ustki ma’nosiga qarab noto‘g‘ri xulosa chiqaradigan, payg‘ambarlarga turli gunoh va kamchiliklarni nisbat beradigan “hashaviyya” kabi adashgan toifalar paydo bo‘ladi. Hatto ba’zi kimsalar butun umrini din targ‘ibotiga bag‘ishlagan elchilarga tuhmat qilishgacha boradi. Shunday tahlikali bir vaziyatda, musulmonlarning sof e’tiqodi buzilishi xavfi tug‘ilganda, Abul Husayn Peshog‘ariy payg‘ambarlar sha’nini himoya qilish maqsadida qo‘liga qalam oladi va mazkur asarini yozadi.

Tadbir davomida ushbu asarning dunyodagi yagona qo‘lyozma nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgani, yangi nashr esa milodiy 1382-yilda Buxoroda ko‘chirilgan ana shu qo‘lyozma asosida tayyorlangani alohida qayd etildi.

Mutaxasislar ushbu nashr ajdodlarimizning boy ilmiy merosini o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish yo‘lida muhim qadam bo‘lishini ta’kidladilar.

ilmiy meros“G‘onim” nashriyotiIsmatul anbiyo

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14834
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12227
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9954
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7988
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar