

Yangiliklar
Germaniyalik prokuror Islom sivilizatsiyasi markazini oilasiga ham ko‘rsatish istagini bildirdi
Germaniyaning Gamburg shahri prokuraturasi katta prokurori Gerxard Brinker O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bugungi ilm-fan va madaniyat rivoji bilan bog‘liq tarixiy ildizlarni Markaz ekspozitsiyalarida yaqqol ko‘rish mumkinligini qayd etdi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida Gerxard Brinker Markazning asosiy ekspozitsiyalari, me’moriy yechimi, tarixiy binolarni aks ettiruvchi namoyishlar, Qur’oni Karim zali hamda zamonaviy interaktiv texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Gerxard Brinker Markazda O‘zbekistonning boy ilmiy-ma’rifiy merosi, islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va ushbu merosning zamonaviy muzeychilik yondashuvlari orqali namoyon etilayotganini yuqori baholadi.
Mehmonning ta’kidlashicha, Markazda islom sivilizatsiyasi faqat diniy nuqtai nazardan emas, balki ilm-fan, madaniyat, ma’rifat va tarixiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liq holda ochib berilgan. U ayniqsa bugungi ilm-fan va madaniyat rivoji bilan bog‘liq tarixiy ildizlarni Markaz ekspozitsiyalarida yaqqol ko‘rish mumkinligini qayd etdi. Gerxard Brinker Markazga tashrif buyurishni boshqalarga ham tavsiya etishini bildirib, Toshkentdagi ilk safari unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. Kelgusida ushbu maskanni oila a’zolariga ham ko‘rsatish istagida ekanini aytdi.
Gerxard Brinker, germaniyalik prokuror
– Men muzey arxitekturasidan juda katta taassurot oldim. Bino tomon yaqinlashar ekanman, o‘zimga: “Ilgari shunday ulug‘vor inshootni ko‘rganmanmi?” degan savolni berdim. Meni, ayniqsa, islom dinining ilmiy va madaniy jihatlari qiziqtiradi. Bu yerda bugungi madaniyatimiz va ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq ko‘plab manbalarni, ildizlarni ko‘rish mumkin. Bu jihat menda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat tarixiy eksponatlar jamlangan maskan, balki turli davrlar, madaniyatlar va ilm-fan an’analari o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash imkonini beradigan muhim ma’rifiy maydondir. Toshkentni birinchi marta ko‘rib turibman va bu ajoyib shaharni ko‘rgach, kelgusida oilam bilan yana qaytib kelish haqida o‘ylayapman. Oilamga ham bu yerni ko‘rsatishni juda istardim.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.

