Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Osiyo jang san’atlari uyushmasi Prezidenti O‘zbekiston va Xitoyning qadimiy aloqalariga e’tibor qaratdi

25.05.2026, 16:251028

Tashrif davomida mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari orqali O‘zbekistonning ko‘p asrlik sivilizatsiyaviy merosi, Buyuk Ipak yo‘li davridagi tarixiy aloqalari, shuningdek, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat taraqqiyotida tutgan o‘rni bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya a’zolarida tarixiy merosni zamonaviy formatda taqdim etish uslubi, raqamli texnologiyalar, interaktiv ekranlar va sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy yechimlar orqali tarixiy ma’lumotlarni jonli, tushunarli va ta’sirchan namoyish etilgani yuqori baholandi.

Mehmonlar astronomiya, matematika va tabiiy fanlar rivojiga oid ekspozitsiyalar bilan tanishar ekan, O‘zbekiston zaminida shakllangan ilmiy maktablar, buyuk allomalar merosi va ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga alohida e’tibor qaratdi.

Ekspozitsiyalar bilan batafsil tanishgan Gordon Tang O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi qadimiy tarixiy aloqalarga to‘xtalib, Buyuk Ipak yo‘li ikki xalq o‘rtasidagi madaniy, savdo va ma’rifiy muloqotda muhim o‘rin tutganini qayd etdi.

“Bu yerda mamlakatingizning tarixi va madaniyati haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldim. O‘zbekiston qadimdan Xitoy bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgan. Ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘li davrida bu zamin buyuk sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida namoyon bo‘lgan. Muzey orqali astronomiya, matematika va tabiiy fanlar sohasidagi ilg‘or tarixingizni ham ko‘rish mumkin”, — dedi Gordon Tang.

Shuningdek, Osiyo jang san’atlari uyushmasi Prezidentining fikricha, sport va ma’rifat insonni tarbiyalash, intizom, iroda va maqsad sari intilish kabi qadriyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Gordon Tang Islom sivilizatsiyasi markazini nafaqat boy tarixiy merosni namoyon etuvchi maskan, balki kelajak avlod, ayniqsa yoshlar uchun o‘z yurtining sivilizatsiyasi, ilm-fani va taraqqiyot yo‘lini chuqur anglashga xizmat qiladigan muhim ma’rifiy markaz sifatida baholadi.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar