

Yangiliklar
O‘zbekiston tashabbusi yangi muloqot platformasi sifatida e’tirof etilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va loyihasi asosida bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi takror va takror dunyo hamjamiyatini e’tirofiga sabab bo‘lmoqda. Xitoy Milliy etnik ishlar komissiyasi raisi Chen Juyfen boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifdan olgan taassurotlari ham bunga isbot bo‘la oladi. Xususan, Xitoy Milliy etnik ishlar komissiyasi vakili Chjao Szin mazkur Markazni turli mamlakatlar o‘rtasida sivilizatsiyalar muloqoti va madaniy almashinuvni rivojlantirish uchun yangi va muhim platforma deya e’tirof etdi.
Chjao Szin, Xitoy Milliy etnik ishlar komissiyasi vakili:
– Uch yil avval O‘zbekistonga kelgan edim. O‘shanda bu yer ulkan qurilish maydoni edi. Uch yil o‘tib, Markaziy Osiyoning an’anaviy estetikasi va zamonaviy texnologiyalarni o‘zida uyg‘unlashtirgan muhtasham me’moriy inshoot qad rostlaganini ko‘rdim.
Bu manzara meni chindan ham hayratga soldi va juda chuqur taassurot qoldirdi.
Bu yerda men O‘zbekistonning uch ming yillik sivilizatsiyasi va madaniy merosining uzviy davomiyligini ko‘rdim. Shu bilan birga, O‘zbekiston madaniy merosni asrash va sivilizatsiya an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish borasida katta sa’y-harakatlar qilayotganiga guvoh bo‘ldim.Menimcha, ushbu madaniyat va sivilizatsiya markazi nafaqat O‘zbekiston milliy sivilizatsiyasining davomiyligini namoyon etadi, balki butun Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini tanitishga xizmat qiladi. Shuningdek, u turli mamlakatlar o‘rtasida sivilizatsiyalar muloqoti va madaniy almashinuvni rivojlantirish uchun yangi va muhim platforma hisoblanadi.
Vatanimga qaytgach, men bu Markaz haqida do‘stlarimga albatta so‘zlab beraman. Shuningdek, Xitoy va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida yanada ko‘proq muloqot va hamkorlik bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Bu esa xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stlikning mustahkam insonparvarlik asoslarini yanada kuchaytiradi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.




