Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Intellektual chanqoqlikka eshik ochgan yangi makon

09.06.2026, 18:491141
Intellektual chanqoqlikka eshik ochgan yangi makon

Elektron resurslar, kompyuter zonalari va keng kitob fondi... Ana shu kabi keng imkoniyatlarga ega O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi allaqachon kitobxonlar uchun eshiklarini ochgan. Bu yangi noodatiy intellektual makonda a’zolik hamda xizmatlardan foydalanish hozircha bepul amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat mamlakatimiz tarixiy va madaniy merosini tadqiq etish, balki zamonaviy bilimlar muhitini shakllantirishga xizmat qilayotgan yirik ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida faoliyat yuritmoqda.

Markaz tarkibidagi zamonaviy kutubxona esa kitobxonlar, talabalar, olimlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda bilimga chanqoq yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Bugungi raqamli davrda kutubxona faqat kitob saqlanadigan joy emas. U bilim, axborot va ilmiy izlanishlar markaziga aylanib bormoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi ham aynan shu tamoyil asosida tashkil etilgan bo‘lib, an’anaviy kitob fondlari bilan bir qatorda elektron resurslar, multimedia materiallari va raqamli axborot xizmatlarini ham taqdim etadi.

A’zolik — bilimlar olamiga birinchi qadam

Kutubxona xizmatlaridan to‘liq foydalanish uchun avvalo a’zolik rasmiylashtiriladi.

Buning uchun foydalanuvchilar pasport, ID-karta, istiqomat qilish guvohnomasi yoki haydovchilik guvohnomasini taqdim etishlari lozim. 14–16 yoshdagi yosh kitobxonlar esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma hamda ota-onasi yoki vasiylarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

A’zolik rasmiylashtirilgandan so‘ng har bir foydalanuvchiga ikki yil muddatga amal qiluvchi maxsus kitobxon ID-kartasi beriladi. Ushbu karta kutubxonaning barcha xizmatlari va resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish imkonini yaratadi.

Hozircha barcha xizmatlar bepul

Markazning Arxiv hujjatlari va kutubxona bo‘limi boshlig‘i Ravshan Qodirovning ta’kidlashicha,

Ayni paytda kutubxona test rejimida faoliyat yuritmoqda. Foydalanuvchilar kutubxonaga a’zo bo‘lib, mavjud xizmatlardan bepul foydalanishlari mumkin. Buning uchun belgilangan hujjatlarni taqdim etish va a’zolikni rasmiylashtirish kifoya. Talabalar, yosh tadqiqotchilar va kitobsevarlar uchun zamonaviy axborot-kutubxona muhiti bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

Kitobdan tortib elektron manbalargacha

Kutubxonada foydalanuvchilar uchun bir nechta yo‘nalishda xizmatlar tashkil etilgan.

Jumladan:

◾️bosma adabiyotlar fondi;

◾️elektron kitoblar va raqamli manbalar;

◾️kompьyuter zonasi;

◾️audio va video materiallar;

◾️ilmiy izlanishlar uchun maxsus ish joylari;

◾️o‘quv va tadqiqot zallari.

Bunday imkoniyatlar kitobxonlarga kerakli ma’lumotlarni tez topish, tahlil qilish, mustaqil tadqiqot olib borish va o‘z bilimlarini boyitish uchun qulay muhit yaratadi.

Kitobxon uchun qulay ish vaqti

Markaz kutubxonasi foydalanuvchilarga quyidagi vaqtlarda xizmat ko‘rsatadi:

Dushanba – Juma: 09:00 – 22:00
Shanba: 09:00 – 18:00
Yakshanba: dam olish kuni

Kunning kechki qismigacha ishlash tartibi ayniqsa talabalar, ilmiy xodimlar va ishdan keyin mutolaa qilishni istovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Yangi intellektual makon

Bugun dunyoda raqobatbardosh jamiyat qurishning eng muhim omillaridan biri — bilim va axborotga keng kirish imkoniyatini ta’minlashdir.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi aynan shu maqsadga xizmat qiluvchi yangi intellektual makon sifatida shakllanmoqda. Bu yerda har bir kitobxon nafaqat kitob o‘qiydi, balki tadqiqot qiladi, yangi bilimlarni kashf etadi va o‘z intellektual salohiyatini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi.

Shu ma’noda, Markaz kutubxonasiga a’zo bo‘lish — kitobxon uchun shunchaki ro‘yxatdan o‘tish emas, balki ilm, ma’rifat va zamonaviy axborot resurslari olamiga tashlangan muhim qadamdir.

ID-kartailmiy platformaKutubxona

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12221
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar