

Yangiliklar
Shvetsiya delegatsiyasi O‘zbekistonning madaniy merosni targ‘ib qilish tajribasini yuqori baholadi
Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tomas Danestad boshchiligidagi delegatsiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tarixiy meros, zamonaviy texnologiyalar va ma’rifiy yondashuv uyg‘unlashgan maskan sifatida katta taassurot qoldirdi.
Markaz ekspozitsiyalari orqali O‘zbekiston hududida shakllangan uch ming yillik tarix, turli madaniy ta’sirlar va sivilizatsiyalar muloqoti izchil hamda ta’sirchan tarzda ochib berilganini alohida e’tirof etildi. Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu yirik ilmiy-ma’rifiy loyiha mamlakatning boy tarixiy merosini asrab-avaylash, uni zamonaviy shaklda targ‘ib etish va xalqaro jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar. Ayniqsa, asl artefaktlar, multimedia yechimlar va yoshlar uchun yaratilgan interaktiv imkoniyatlar hamda merosni zamonaviy usulda taqdim etish tajribasi delegatsiya vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tashrifda Shvetsiyaning savdo-iqtisodiy sohalari vakillari ham ishtirok etgani e’tiborga molik. Mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari orqali O‘zbekistonning nafaqat boy tarixiy merosi, balki xalqaro hamkorlik, ochiqlik va madaniyatlararo muloqotga bo‘lgan intilishi ham yaqqol namoyon bo‘layotganini qayd etdilar.
Shvetsiya Milliy savdo kengashi vakili Kristofer Berri Markaz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, shunday dedi:
“Markazga tashrif biz uchun juda qiziqarli va mazmunli bo‘ldi. Bu yerda O‘zbekistonning uzoq tarixi, turli madaniy ta’sirlar va mamlakatning dunyoga ochiqligi ta’sirchan tarzda namoyon etilgan. Ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan interaktiv imkoniyatlar, texnologiyalardan samarali foydalanilgani va merosni zamonaviy usulda taqdim etish yondashuvi menda katta taassurot qoldirdi”.
Delegatsiya vakillari bunday ilmiy-ma’rifiy markazlar xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, madaniy muloqotni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.