Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Qirg‘iziston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi: “Islom sivilizatsiyasi markazi butun turkiy dunyo uchun ulkan ma’naviy boylik”

11.06.2026, 14:081139

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Ayvaz Omorkanov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markaz muzey ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya vakillari Qur’oni karim zali, Birinchi Renessans, Ikkinchi Renessans hamda “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” zallarini ko‘zdan kechirdi. Har bir zalda namoyish etilgan tarixiy meros, ilmiy-ma’rifiy mazmun va zamonaviy ekspozitsion yechimlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ayniqsa, Qur’oni karim zalidagi maxsus namoyish, uning badiiy-texnologik yechimi va ma’naviy mazmuni delegatsiya e’tiborini tortdi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” bo‘limida joylashtirilgan Olimpiya shaharchasi maketi, sportchilarga bag‘ishlangan alohida ekspozitsion qism hamda yosh avlod kamolotiga qaratilgan yondashuv mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Ayvaz Omorkanov Markaz haqidagi taassurotlarini quyidagicha bildirdi:

“Bugun bu yerda bo‘lish va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish men uchun katta sharaf. Menimcha, bu maskan nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun turkiy dunyo va islom olami uchun ham ulkan ma’naviy boylikdir.

Bu yerda yaratilgan muhit, tarixiy merosning namoyish etilishi va ekspozitsiyalarning mazmun-mohiyati katta taassurot qoldirdi. Sizlar bu yerda amalga oshirgan ishni oddiy so‘zlar bilan ta’riflash qiyin”.

Tashrif yakunida Ayvaz Omorkanov Markazning “Faxriy mehmonlar” kitobiga o‘z tilaklari va samimiy fikrlarini yozib qoldirdi.

Mehmonlar Markazda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ilm-fan, ma’rifat, tarixiy xotira va zamonaviy taraqqiyot g‘oyalari uyg‘un holda namoyon etilayotganini ta’kidladilar. Tomonlar bunday ma’rifiy maskanlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy yaqinlik va yoshlar tarbiyasiga xizmat qilishini qayd etdilar.

sivilizatsiyaIslomQirg‘iziston

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar