Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Londonda Oʻzbekistonga oid noyob durdonalar aniqlandi

28.04.2025, 10:591270
Londonda Oʻzbekistonga oid noyob durdonalar aniqlandi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari boshchiligidagi delegatsiya vakillari mashhur Sarixani kolleksiyasi rahbari Ali Sarixani bilan  uchrashuv oʻtkazdi. 

Ali Sarixani asli Eronda tugʻilgan, oʻtgan asrning 70 yillari oxirida oilasi bilan Londonga koʻchib kelgan. Bu yerda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish barobarida oʻzining boy kolleksiyasiga asos solgan. 

Sarixani kolleksiyasida  ayni paytda Sharq xalqlari tarixiga oid mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi. Ular orasida bevosita Oʻzbekiston tarixi va madaniyati bilan bogʻliq osori-atiqalar ham anchagina. Jumladan, saljuqiylar, somoniylar, xorazmshohlar, temuriylar davriga oid oʻnlab qadimiy eksponatlar, nodir qoʻlyozmalar saqlanadi. 

Oʻzbekistonga oid nodir Qurʼon sahifalari, 1438 yilda Hirotda, Shohrux Mirzo davrida yaratilgan “Meʼrojnoma” asari miniatyurasi, xalq amaliy sanʼati buyumlari oʻzbekistonlik tadqiqotchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Men Oʻzbekistonga bir necha yil muqaddam borganman, xalqingizning boy madaniyati, asriy anʼanalari va qadriyatlari bilan tanishib qaytganman. Turli mamlakatlarda oʻtkazilgan auksionlarda Oʻzbekiston bilan bogʻliq qadimiy ashyolarni qanday boʻlmasin qoʻlga kiritishga harakat qilaman. Chunki, mamlakatingiz madaniyati va tarixi meni hamisha oʻziga maftun etib keladi, — deydi kolleksioner Ali Sarixani. 

Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari Ali Sarixanini joriy yilda oʻtkaziladigan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimiga taklif qildi. Shu bilan birga Toshkentda kolleksiyadagi Oʻzbekistonga aloqador eksponatlar koʻrgazmasini  tashkil qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Delegatsiyaning Buyuk Britaniyaga ilmiy safari davom etadi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14834
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12227
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9954
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7988
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar