Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Kipr tashqi ishlar vaziri: “Islom sivilizatsiyasi markazi insoniyatning umumiy merosini anglash uchun muhim maydon”

11.06.2026, 16:371292

Kipr Respublikasi tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniy merosi va renessans an’analarini o‘zida mujassam etgan ekspozitsiyalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mehmon Markazning “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari”, Birinchi va Ikkinchi Renessans hamda “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi.

Mehmonga 250 metrlik “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” orqali O‘zbekiston hududida shakllangan sivilizatsiyalar, qadimgi davlatlar, savdo yo‘llari va madaniy jarayonlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Sarmishsoy qoyatosh suratlari, Obi Rahmat g‘oridan topilgan 80 ming yillik o‘q uchlari hamda bronza davriga mansub noyob bug‘u haykalchasi kabi eksponatlar namoyish etildi.

Birinchi Renessans ekspozitsiyasida islomning Movarounnahrga tarqalishi, ilm-fan va ma’rifat markazlarining shakllanishi, Qusam ibn Abbos, Abu Hafs Kabir kabi tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Ikkinchi Renessans bo‘limida esa Amir Temur va temuriylar davridagi davlatchilik, ilm-fan, me’morchilik va madaniyat taraqqiyoti haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ikkinchi Renessans bo‘limida esa Amir Temur va temuriylar davridagi davlatchilik, ilm-fan, me’morchilik va madaniyat taraqqiyoti aks ettirilgan ekspozitsiyalar namoyish qilindi. Ayniqsa, Amir Temurning davlat arbobi, bunyodkor va ilm ahli homiysi sifatida ochib berilgan siymosi hamda temuriylar davridagi ilmiy yutuqlarga bag‘ishlangan materiallar vazir e’tiborini tortdi.

Shuningdek, mehmon “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasi bilan tanishib, mamlakatimizda Uchinchi Renessans g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va madaniy-ma’rifiy jarayonlar haqida ma’lumot oldi.

Tashrif yakunida Konstantinos Kombos Markaz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, uni O‘zbekistonning boy tarixi va sivilizatsion merosini namoyon etuvchi noyob ilmiy-ma’rifiy majmua sifatida baholadi.

Tashrif yakunida Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos Markaz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalo, shu yerda bo‘lish men uchun katta sharaf. Islom sivilizatsiyasi markazi juda ta’sirli va hayratlanarli maskan ekan. Bu yerda sivilizatsiyaning asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, boy tarixi va an’analari juda ta’sirchan tarzda namoyon etilgan. Ekspozitsiyalarning tashkil etilishi, turli davrlar va xalqlar tarixining o‘zaro bog‘liq holda yoritilgani menda katta taassurot qoldirdi. Prezidentingiz Shavkat Mirziyoyevni ana shunday keng qamrovli va uzoqni ko‘zlagan loyihani amalga oshirgani bilan samimiy tabriklayman. Chunki bu markaz nafaqat O‘zbekistonning, balki butun mintaqa tarixini anglashda muhim ahamiyatga ega. Bu yerga kelgan har bir inson ushbu yurtning boy tarixi, madaniyati va sivilizatsion merosi haqida keng tasavvurga ega bo‘ladi. Bu yerda juda katta tarix mujassam. U ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiya taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birga, turli xalqlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi tarixiy mushtaraklikni ham yaqqol ko‘rish mumkin. Shu ma’noda, Islom sivilizatsiyasi markazi insoniyatning umumiy merosini anglash va o‘rganish uchun muhim ilmiy-ma’rifiy maydon hisoblanadi, — dedi Konstantinos Kombos.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
bug‘u haykalchasiSarmishsoy qoyatosh suratlariKipr RespublikasisivilizatsiyaIslom

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar