Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi Uchinchi Renessansning ma’rifiy yuragiga aylanmoqda

11.06.2026, 18:18946
Islom sivilizatsiyasi markazi Uchinchi Renessansning ma’rifiy yuragiga aylanmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rasman ochilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, bugungi kunda unga tashrif buyuruvchilar soni kundan kunga ortib bormoqda. Markaz nafaqat mahalliy aholi, balki xorijlik mehmonlarning ham katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 iyun holatida markazga yarim million nafardan ortiq mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar kelgan. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi shunchaki muzey emas. U ilmiy, ma’rifiy va diniy jarayonlar uyg‘unlashgan, keng qamrovli faoliyat olib boruvchi zamonaviy platforma hisoblanadi. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ushbu yirik loyihani tashkil etishdan asosiy maqsad buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, Imom Buxoriy kabi ulug‘ allomalarning ma’rifatparvar islom haqidagi ta’limotini keng targ‘ib qilish ekanini ta’kidlagan edi. Oradan to‘qqiz yil o‘tib, davlat rahbari ilgari surgan ushbu ezgu g‘oya o‘zining amaliy natijalarini yaqqol namoyon etmoqda.

Markazda yurtimizda faoliyat yuritayotgan hamkor ilmiy tadqiqot markazlari bilan birga “Bir dargoh – bir maslahat – bir natija – bir kelajak” shiori asosidagi “Tamaddun” qo‘shma dasturi doirasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti rahbariyati hamda respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar ishtirokida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminar ham ana shu jarayonning uzviy qismi bo‘ldi. Tashkil etilgan seminar doirasida mutaxassislar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish, zamonaviy ta’lim usullarini joriy etish hamda diniy-ma’rifiy sohada kadrlar salohiyatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ilmiy-amaliy seminar doirasida Markazga tashrif buyurib, bu yerda O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar zamonaviy usullar orqali yoritilganini ko‘rdik. Rasmlar, videomateriallar va boshqa ma’lumotlar orqali yurtimizning naqadar boy tarix va madaniyatga ega ekaniga yana bir bor amin bo‘ldik. Ayniqsa, markaz kutubxonasi bizda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda diniy adabiyotlar bilan bir qatorda turli sohalarga oid boy ilmiy manbalar ham jamlangan ekan. Talabalar va ilm izlovchilar uchun bunday imkoniyatlar juda muhim deb hisoblayman. Shu munosabat bilan, biz uchun ana shunday sharoitlarni yaratib bergan davlatimiz rahbarlari, diniy soha mas’ullari hamda ushbu markaz faoliyatiga hissa qo‘shgan barcha mutasaddilarga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz, — dedi Andijon viloyati Shahrixon tumani “Sulaymonbek” jome masjidi imom noibi Farhodbek Qodirov.

Seminarimizni aynan Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etishdan maqsad — Uchinchi Renessans poydevori qo‘yilayotgan ilm maskanida ilmiy muhitni his qilish va undan ilhom olish edi. Seminar ishtirokchilari, xususan imom-xatiblarimiz bu yerda yangi g‘oya, shijoat va ruhiyat oldilar. Kutubxona va ilmiy manbalar bilan tanishib, yanada ko‘proq izlanish, o‘rganish va xalqimizga ilm-ma’rifat yetkazish mas’uliyatini chuqur his qildik. Uchinchi Renessans rivojiga o‘z hissamizni qo‘shish niyatidamiz. Seminar doirasida Qur’oni karim tilovati, uning ma’no-mazmunini chuqur anglash va bu bilimlarni xalqimizga to‘g‘ri yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Qur’on ta’limotlarini bugungi davr talablari va zamonaviy jarayonlar bilan uyg‘un holda tushuntirish zarurligi ta’kidlandi. Islom dinining ilk amri «Iqro» — «O‘qi» bo‘lgani, ajdodlarimiz esa shu buyruq asosida diniy va dunyoviy ilmlarda yuksak natijalarga erishganiga ushbu maskanda namoyish etilgan manbalar orqali yana bir bor guvoh bo‘ldik. Markazdagi Qur’on zali, Usmon mus’hafi, nodir qo‘lyozmalar va buyuk allomalarimiz merosi Islom ilmlariga qanchalik katta e’tibor qaratilganining yorqin namunasidir. Bu yerga tashrif buyurgan har bir inson buni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, chuqur taassurot oladi, — dedi Nizomov Farzandiddin as-Samarqandiy, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti «Qur’on ilmlari» kafedrasi o‘qituvchisi.

qo'shma dasturseminarIslomilmiy platforma

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14834
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12227
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9954
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7987
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar