Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Tezkor fikr, kuchli mantiq va jamoaviy ruh: Islom sivilizatsiyasi markazida talabalar o‘z iqtidorini namoyon qildi

11.06.2026, 19:241189

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari ishtirokida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Yoshlarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazish, ularda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mazkur tadbir qizg‘in va yuqori ruhda o‘tdi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bellashuvda o‘z bilim va iqtidoriga ishongan “Islom hazorasi”, “Fath”, “Yo‘lchi yulduzlar”, “Ulul Albob”, “Nur”, “Nusrat” hamda “Akademiklar” jamoalari ishtirok etib, turli mavzular bo‘yicha bilimlarini namoyish etdilar.

Intellektual bahslar jarayonida ishtirokchilar tarix, islom tamadduni, milliy va ma’naviy qadriyatlar, zamonaviy bilimlar hamda mantiqiy fikrlashga oid savollarga javob berdilar. Bellashuv nafaqat bilimlar musobaqasi, balki yoshlarning tahliliy fikrlash, tez qaror qabul qilish va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etish maydoniga aylandi.

Qizg‘in kechgan bahslar davomida har bir jamoa o‘z salohiyatini namoyon qilishga intildi. Talabalar savollarga javob berish jarayonida bilimdonlik bilan birga, tezkorlik, zehn va hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib berdilar.

Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning ilmiy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, kitobxonlik va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda milliy va diniy merosni chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.

Qayd etish joizki, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar ilm-ma’rifatni keng targ‘ib qilish, intellektual muhitni mustahkamlash va yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.

ZakovatTalabalarIslomilmiy platforma

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7987
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar