Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

YUNESKO ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazida kelajak g‘oyalarini kashf etdi

12.06.2026, 17:091207

Sharqning yangi durdonasi sifatida bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat tarixshunoslar va tadqiqotchilar, balki kreativ industriya vakillari uchun ham muhim ilhom manbai sifatida e’tibor qozonmoqda.

YUNESKO tomonidan tashkil etilgan “Innovatsion dizayn bo‘yicha mentorlik dasturi” ishtirokchilari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, milliy madaniy merosning zamonaviy dizayn, mulьtimedia va kreativ industriyalar bilan uyg‘unlashgan namunalari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari, tarixiy artefaktlar, interaktiv platformalar hamda raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan mulьtimedia yechimlarini ko‘zdan kechirdi. Ular uchun mazkur tashrif muzey bilan tanishishdan tashqari, milliy merosni rang, shakl, naqsh, mato va ramzlar orqali anglash imkoniyatini ham yaratdi.

Ishtirokchilar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining konsepsiyasi, ekspozitsion yechimlari va madaniy merosni zamonaviy texnologiyalar orqali taqdim etish tajribasiga alohida qiziqish bildirdi.

Ayniqsa, o‘zbek milliy kashtachiligining betakror namunasi bo‘lgan so‘zanaga bag‘ishlangan interaktiv ekspozitsiya mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu maydonda ishtirokchilar milliy naqshlarning ma’no-mazmuni bilan tanishish, o‘z dizaynini yaratish va so‘zananing tarixiy hamda madaniy ahamiyati haqida ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldi.

Shuningdek, mehmonlar Sug‘d liboslari va matolari kolleksiyasi, qadimiy to‘qimachilik an’analari, ipakchilik tarixi hamda milliy hunarmandchilik namunalarini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan ham tanishdi. Ushbu eksponatlar Markaziy Osiyoning Buyuk ipak yo‘li davridagi madaniy aloqalari, savdo munosabatlari va amaliy san’at rivojlanishini yoritib beradi.

MARU brendi asoschisi, dizayner, YUNESKO loyihalari treneri va eksperti Marhamat Umarovaning ta’kidlashicha, Markaz nafaqat muzey, balki tarixni his qilish mumkin bo‘lgan zamonaviy madaniy maydon sifatida ham katta ahamiyatga ega.

“Markazda butun makon juda puxta tashkil etilgan. Muzey zamonaviy, interaktiv va qiziqarli. Ayniqsa, tarixiy jarayonlar har bir obyekt va uning tavsifi orqali yuqori darajada yoritilgan. Men bu yerni yoshlar va talabalarga albatta tavsiya qilgan bo‘lardim”, — dedi Marhamat Umarova.

Uning fikricha, Markaz ekspozitsiyalari tarixni oddiy ma’lumot emas, balki ko‘rish, his qilish va o‘rganish mumkin bo‘lgan jonli tajriba sifatida namoyon etadi. Shu bilan birga, Sug‘d matolari va qadimiy tekstilь merosi namunalari dizayner sifatida unda katta qiziqish uyg‘otgan.

Tashrif yakunida ishtirokchilar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tarixiy meros, dizayn va innovatsion texnologiyalar uyg‘unlashgan noyob madaniy va ma’rifiy platforma sifatida baholadi.

Marhamat Umarova, MARU brendi asoschisi, moda dizayneri, YUNESKO loyihalari treneri va eksperti

Men Markazga ikkinchi bor tashrif buyuryapman. Bu gal YUNESKO hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyihasida ishtirok etayotgan talabalarimiz bilan keldik.

Avvalo, Markaz o‘z ko‘lami va mazmuni bilan katta taassurot qoldiradi. Bu yerda makon juda puxta o‘ylangan, ekspozitsiyalar zamonaviy, interaktiv va tomoshabin uchun qiziqarli tarzda tashkil etilgan.

Ayniqsa, tarixiy jarayonlarning har bir detal, har bir obyekt va ularga berilgan izohlar orqali aniq va ta’sirli ochib berilgani e’tiborga molik. Bu kabi natija ortida juda katta jamoaviy mehnat turgani sezilib turadi.

Shuning uchun men bu markazni, ayniqsa, yoshlar, talabalar va o‘quvchilarga albatta tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki u nafaqat estetik jihatdan go‘zal, balki bilim olish nuqtai nazaridan ham juda foydali.

Bu yerda tarixni faqat o‘qib emas, balki ko‘rib, his qilib va anglab o‘rganish mumkin. Dizayner sifatida esa menda Sug‘d matolariga oid boy kolleksiya alohida taassurot qoldirdi.

IslomSug'd liboslariYUNESKO

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar