Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Madaniy diplomatiyaning yangi nuqtasi: AQSh Davlat departamenti vakillari Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi

13.06.2026, 10:481220

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga AQSh Davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Sara Rodjers boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markazda amalga oshirilayotgan qurilish va ekspozitsiya ishlari, shuningdek, O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik tarixiy-madaniy merosini hamda islom sivilizatsiyasining jahon taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini keng targ‘ib etishga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya a’zolari Markaz ekspozitsiyalarida ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat, davlatchilik va ma’naviyat sohalaridagi boy merosi zamonaviy texnologiyalar asosida namoyish etilayotganini alohida qayd etdi. Ular ekspozitsiyalarning mazmunan boyligi, ilmiy asoslanganligi va zamonaviy mulьtimedia yechimlari bilan uyg‘unlashganini yuqori baholadi.

Tashrif davomida mehmonlarga Markazning asosiy konsepsiyasi, uning O‘zbekiston va jahon sivilizatsiyasi tarixini o‘rganish hamda keng jamoatchilikka yetkazishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari Markaz faoliyati orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosi, buyuk allomalarning ilmiy merosi va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi xalqaro maydonda keng targ‘ib etilayotganini yuqori baholadilar.

Tashrif yakunida mehmonlar mamlakatimizda tarixiy merosni asrash, tadqiq etish va uni kelajak avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yuqori baho berib, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.

AQSHIslomDelegatsiya

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar