Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Misr va O‘zbekiston insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ikki buyuk sivilizatsiyaning merosxo‘rlaridir

15.06.2026, 11:44993

Misrning yetakchi nashrlari — Al Shorouk va Youm7 O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning Qohiradagi Grand Egyptian Museumda o‘tkazilgan xalqaro taqdimotdagi nutqiga keng o‘rin ajratdi. Nashrlarda ta’kidlanishicha, Misr va O‘zbekiston insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ikki buyuk sivilizatsiya merosxo‘ri bo‘lib, bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va ilmiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Maqolalarda Grand Egyptian Museumda o‘tkazilgan uchrashuv ikki xalqning umumiy tarixiy-madaniy merosi va sivilizatsiyalar muloqotini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim maydon sifatida baholangan.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Misr va O‘zbekiston insoniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan ikki buyuk sivilizatsiyaning davomchilari ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakatni boy sivilizatsion, madaniy va ilmiy meros birlashtirib turadi hamda bu meros umuminsoniy madaniy xazinaning boyishiga xizmat qilgan. 

Bu haqda u Qohira shahridagi Grand Egyptian Museumda O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston va Misr: sivilizatsiyalar va meros muloqoti. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti» tadbirida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada rivojlanganini ham alohida ta’kidladi. Uning fikricha, Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisiy rahbarligida O‘zbekiston–Misr munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy va madaniy rishtalarning mustahkamligini namoyon etib, turli sohalardagi hamkorlik uchun yanada keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Firdavs Abduxoliqov mazkur uchrashuvda ishtirok etayotganidan mamnun ekanini bildirib, barcha qatnashchilarga samimiy salom va ezgu tilaklarini yo‘lladi. Shuningdek, tadbirning aynan Misrda o‘tkazilayotgani alohida ramziy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, Misr insoniyat sivilizatsiyasi tarixida tutgan yuksak o‘rni, ilm-fan, davlatchilik va madaniyat sohalaridagi ko‘p asrlik an’analari bilan ajralib turishini qayd etdi. 

Uning ta’kidlashicha, dunyoning eng yirik va nufuzli madaniy muassasalaridan biri sanalgan Grand Egyptian Museumdagi mazkur uchrashuv oddiy tanishtiruv yoki taqdimot emas, balki insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan ikki xalq o‘rtasidagi muloqot va hamkorlik maydonidir. 

Abduxoliqov Nil vodiysi insoniyat tarixida davlatchilik va me’morchilik san’ati shakllangan eng qadimiy markazlardan biri bo‘lganini, Movarounnahr esa asrlar davomida ilm-fan, ta’lim va tafakkurning muhim markazlaridan biri sifatida tan olinganini ta’kidladi. 

U shunday dedi: 

«Misr insoniyat xotirasining buyuk kitobi bo‘lsa, O‘zbekiston insoniyat tarixining eng yorqin sahifalaridan ba’zilarini yozgan mamlakatdir». 

Shuningdek, u mazkur uchrashuv ishtirokchilarini nafaqat ikki davlat vakili, balki insoniyatning umumiy ma’naviy va madaniy merosini shakllantirgan ikki buyuk sivilizatsiya farzandlari sifatida birlashtirib turganini qayd etdi. 

Grand Egyptian MuseumMisrQohira

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14851
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12245
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9968
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8004
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar