Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

ISM ekspozitsiyasida Turkiston muxtoriyati faoliyati keng yoritiladi

28.04.2025, 12:001281

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan tarixiy-maʼnaviy boyliklarni tiklash, milliy davlatchilik gʻoyasini mustahkamlash yoʻlida muhim media loyiha – “Turkiston muxtoriyati”ni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi – Turkiston muxtoriyatining tarixiy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, milliy davlatchilik tarixini chuqur oʻrganish hamda yosh avlodda milliy iftixor tuygʻusini shakllantirishdan iborat. Sovet davrida tarixiy haqiqat sifatida eʼtirof etilmagan, qatagʻon qilingan bu davr oʻzbek davlatchiligi tarixidagi muhim sahifalardan biri sanaladi. Uning ahamiyatini chuqur anglash va tarixiy adolatni tiklash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Turkiston muxtoriyati 1917 yil 27 noyabrda Qoʻqon shahrida tashkil etilgan boʻlib, atigi 72 kun faoliyat yuritganiga qaramay, u milliy davlatchilikni barpo etish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

Muxtoriyat asoschilari safida Turkiston xalqlarining zabardast va maʼrifatparvar farzandlari – Mustafo Choʻqay, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Muhammadjon Tinishboyev va Islom Sulton Shoahmedov kabi ilgʻor ziyolilar bor edi. Ular xalqni maʼrifatli qilish, milliy davlatchilikni tiklash va zamonaviy taraqqiyot yoʻliga kirish uchun astoydil kurashganlar.

Loyiha bir nechta bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqich Turkiston muxtoriyatining oʻzbek davlatchiligi tarixida tutgan oʻrnini ochib berishga qaratiladi. Bu bosqich doirasida turkum kontentlar – tarixiy faktlar, tahliliy materiallar, intervyular, maqolalar hamda vizual materiallar asosida hujjatli film tayyorlanadi. Ushbu film orqali Turkiston muxtoriyatining siyosiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyati keng jamoatchilikka yetkaziladi.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14835
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12227
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9955
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7988
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar