Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Pekin professori: “Bu yerda biz nafaqat tarixni, balki Yangi O‘zbekistonning uyg‘onishini ko‘rdik”

16.06.2026, 17:501110


Bugungi globallashuv sharoitida sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot va o‘zaro anglashuv har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday jarayonlarning amaliy ifodasi sifatida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan xitoylik olimlar va ekspertlar mazkur majmuani tarixiy merosni saqlash, ilm-fanni targ‘ib qilish va xalqlar o‘rtasidagi madaniy yaqinlashuvga xizmat qilayotgan muhim xalqaro maydon sifatida baholadilar. Mehmonlar Markazga tashrif chog‘ida nafaqat nodir eksponatlar va zamonaviy muzey texnologiyalari bilan tanishdilar, balki Markaz orqali Markaziy Osiyoning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini yana bir bor kashf etdilar.

Delegatsiya tarkibidagi Pekin universiteti professori Dun Syan markazning mahobatli me’moriy qiyofasi va boy mazmunga ega ekspozitsiyalari islom madaniyatining insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasini yanada chuqur anglash imkonini berganini ta’kidladi.

Ayniqsa, jahon ilm-fani, madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar hayoti va ilmiy merosini qamrab olgan “Buyuk siymolar galereyasi” mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Delegatsiya a’zolari mazkur galereya orqali Markazning “sivilizatsiyalar – shaxslar – kashfiyotlar” konsepsiyasi amaliy ifodasini topganini qayd etdilar.

Tashrif davomida mehmonlar Markazda islom sivilizatsiyasi tarixi, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat sohalaridagi yutuqlarni zamonaviy raqamli va mulьtimedia texnologiyalari orqali namoyish etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Ular mazkur yondashuv tarixiy merosni asrab-avaylash bilan bir qatorda, uni xalqaro ilmiy hamjamiyat va keng jamoatchilikka zamonaviy formatda yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Dun Syan Pekin universiteti professori o‘z fikrlarida shunday dedi:

Islom sivilizatsiyasi markazini ko‘rib, nihoyatda katta taassurot oldik. Markazning mahobatli me’moriy qiyofasi va boy ekspozitsiyalari bizga islom madaniyatining buyukligi hamda uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini yana bir bor his qilish imkonini berdi.

Shu bilan birga, bu yerda biz bugungi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot va uyg‘onish bosqichida ekanini ham yaqqol ko‘rdik. Mamlakatda tarixiy merosni asrash va uni zamonaviy yondashuvlar asosida namoyon etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq.

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari kelgusida ham mustahkamlanib borishiga, ikki mamlakat xalqlari umumiy taraqqiyot va insoniyatning mushtarak kelajagi yo‘lida birgalikda munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.

Tashrif yakunida delegatsiya vakillari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi milliy va umuminsoniy merosni o‘rganish, targ‘ib qilish hamda turli madaniyatlar va xalqlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qilayotgan muhim xalqaro gumanitar maydonlardan biri ekanini alohida ta’kidladilar.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada kengaytirish, madaniy merosni o‘rganish va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

XitoyprofessorPekin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar