Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“O‘zbekiston shaxmat vatani ekanini ko‘pchilik bilishi kerak” — AQSh bankining bosh direktori Toshkentda hayratda qoldi

16.06.2026, 18:331194


AQShning Eksport-import banki bosh direktori Jon Yovanovich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mamlakatimiz hududida shakllangan qadimiy sivilizatsiyalar merosi, islom madaniyati va zamonaviy muzey texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar avvalo islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari bo‘limida bo‘lib, bu yerda namoyish etilayotgan noyob artefaktlar va tarixiy ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar. Delegatsiya a’zolari uch ming yillik tarixga ega bug‘u haykalchasi, Buyuk ipak yo‘li installyasiyasi hamda mamlakatimiz hududida shakllangan qadimiy madaniyatlar haqida hikoya qiluvchi eksponatlarga alohida e’tibor qaratdi.

Ayniqsa, Surxondaryo hududidan topilgan va insoniyat tarixidagi eng qadimiy shaxmat topilmalaridan biri sifatida baholanuvchi asl shaxmat donachalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ularni diqqat bilan tomosha qilgan Jon Yovanovich mazkur ma’lumotni albatta hamkasblari va yaqinlariga yetkazishini ta’kidlab, “O‘zbekiston shaxmat vatani ekanligini ko‘pchilik bilishi kerak”, deya o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, Choch davriga oid bosqon nusxasi ham mehmonlarning e’tibor markazida bo‘ldi. Eksponatning interaktiv shaklda taqdim etilgani, uni ushlab ko‘rish va harakatlantirish imkoniyati mavjudligi delegatsiya a’zolarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif Qur’oni karim zalida davom etdi. Bu yerda namoyish etilgan noyob qo‘lyozmalar, muqaddas kitob tarixi haqidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy mepping texnologiyalari asosida tashkil etilgan mulьtimediaviy shou mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Xususan, hazrati Usmon mushafining asrlar davomida aynan O‘zbekiston hududida saqlanib kelayotgani haqidagi ma’lumot Jon Yovanovich tomonidan yuqori baholanib, bu haqda ham o‘z yaqinlariga so‘zlab berishini bildirdi.

Markaz tashqi fasadida namoyish etilgan mepping shou ham delegatsiya uchun unutilmas tajribaga aylandi. Yorug‘lik, me’morchilik va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligida yaratilgan tomoshani kuzatar ekan, mehmonlar loyihaning har bir detali puxta o‘ylanganini, binoning tashqi va ichki yechimlarida yuqori darajadagi e’tibor sezilishini ta’kidladilar.

Jon Yovanovich O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishuv unda katta taassurot qoldirganini, bu yerga yana qaytish va ekspozitsiyalarni batafsil o‘rganish uchun ko‘proq vaqt ajratish istagi paydo bo‘lganini alohida qayd etdi.

Tarix, ma’rifat va innovatsion texnologiyalar birlashgan ushbu maskan xalqaro mehmonlarda O‘zbekistonning boy madaniy merosi haqida yanada teran tasavvur uyg‘otmoqda.

AQSHbug‘u haykalchasiIslommepping shoushaxmatDelegatsiyainvestitsiya forumi

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar