Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Investitsiyalardan sivilizatsiyalar muloqotiga: O‘mon delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida

16.06.2026, 21:451101

Islom sivilizatsiyasi tarixi — bu faqat o‘tmish haqidagi xotira emas, balki xalqlar o‘rtasidagi ma’rifiy muloqot, o‘zaro anglashuv va bugungi hamkorlik uchun mustahkam asosdir. Bugungi dunyoda iqtisodiy hamkorlik barqaror bo‘lishi uchun xalqlar o‘rtasidagi madaniy va ma’naviy muloqot ham mustahkam bo‘lishi talab etiladi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan O‘mon Sultonligi delegatsiyasi mazkur majmuani nafaqat boy tarixiy merosni saqlovchi maskan, balki sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va gumanitar hamkorlikni mustahkamlovchi xalqaro platforma sifatida baholadi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘mon Sultonligining “Sohar International Bank SAOG” kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Al-Mutasim Al Mutairi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi mahsuli bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishar ekan, ayniqsa Birinchi Renessans davri merosi, islom dinining keng hududlarga tarqalishi hamda ushbu jarayonning ilm-fan va ma’rifat rivojiga ko‘rsatgan ta’siriga alohida qiziqish bildirdi.

Tashrif davomida delegatsiyaga noyob qo‘lyozmalar, tarixiy ashyolar va ilmiy meros namunalari orqali Markaziy Osiyo zaminining islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Xususan, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar faoliyati, ularning diniy va dunyoviy ilmlarni uyg‘un rivojlantirishdagi o‘rni mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif yakunida O‘mon Sultonligidan Al-Mutasim bin Musabbah Al-Mutayriy Markaz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Markaz islom sivilizatsiyasi, undan avvalgi qadimiy davrlar va bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini o‘zaro bog‘liq holda namoyon etadi.

Bu juda buyuk markaz va yirik islomiy muzeylardan biri. Men arab dunyosi va barcha mehmonlarga ushbu muzeyga tashrif buyurishni tavsiya qilaman, zero bu yerdagi noyob eksponatlar har bir kishida katta taassurot qoldiradi, — dedi u.

Ushbu tashrif O‘zbekistonning boy ma’naviy-ma’rifiy merosini xalqaro hamjamiyatga keng targ‘ib etish, shuningdek, madaniy-gumanitar muloqot va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

investitsiya forumiO‘mon Sultonligi

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar